O‘zbekiston | 20:40 / 02.10.2016
22547
7 daqiqa o‘qiladi

Haftalik dayjest: O‘zbekiston va xalqaro maydonda ro‘y bergan eng sara voqea va hodisalar

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston va xalqaro hayotda muhim voqealar sodir bo‘ldi, muhim qarorlar qabul qilindi, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hodisalar sodir bo‘ldi. Ana shu voqea-hodisalarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.
 

26 sentabrning eng muhim xabarlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev shu yilning 25 sentabrida Toshkent shahrining Sergeli tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi mavzelari, ko‘p qavatli turar joylar va ijtimoiy soha obektlarini kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekistonda shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga unvonidan qat'i nazar 5 yil muddatga qabul qilish tartibi joriy etildi.

AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton afroamerikaliklar orasida o‘zining respublikachi raqibi Donald Trampga nisbatan ancha yuqori nufuzga ega ekanligi ma'lum bo‘ldi.

«Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu La Liga 6-turida«Las-Palmas»ga qarshi (2:2) kechgan uchrashuvda zaxiraga olingani uchun bosh murabbiy Zaynidin Zidanga nisbatan haqoratli so‘zlarni ishlatgan.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>> batafsil.

27 sentabrning eng muhim xabarlari

«Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati» ga o‘zgartishlar kiritildi.

O‘zbekiston ichki ishlar idoralari xodimlari kuch ishlatmasdan, jamoat tartibini buzmasdan o‘tkazilayotgan g‘ayriqonuniy yig‘ilishlar, mitinglar, namoyish, ommaviy chiqish va piketlarni bartaraf etishda maxsus vositalar, shu jumladan, gazli va shikastlantiruvchi qurol qo‘llashi taqiqlanadi.

Pentagon rahbari Eshton Karter Rossiya dunyoda yadroviy barqarorlikni saqlash tamoyiliga amal qilmasligini va "Rossiya hamda Shimoliy Koreya AQShga yadroviy xavf soladi", deb hisoblashini aytdi.

Amerikaning "Yes California!" harakati shtatning AQShdan ajralib chiqish masalasi bo‘yicha referendum tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Mazkur harakat yetakchisi Luis Marinelli Moskvada bo‘lib o‘tgan "Millatlar muloqoti" forumi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida shu haqda ma'lum qildi.

AQShning Google kompaniyasi YouTube Go ilovasini taqdim etdi. Mazkur ilova yordamida videoxosting xizmatidan videolavhalarni telefonga yuklab, so‘ngra uni Bluetooth vositasida tarqatish mumkin bo‘ladi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>> batafsil.

28 sentabrning eng muhim xabarlari

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev "Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

O‘zbekiston poytaxtida faoliyat yurituvchi to‘rtta yirik tibbiyot-davolash muassasasi qayta tashki etiladi, xususan Respublika miqyosidagi tibbiy markazlardan biri tugatiladi.

Davos Butunjahon iqtisodiy forumi tomonidan tayyorlangan 2016-2017 yilgi Global raqobatbardoshlik hisoboti e'lon qilindi.

«Shiba» shifoxonasi tibbiy xodimlari Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peresning o‘limoldi og‘riqlarini, azoblarini yengillashtirish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishdi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>> batafsil.

29 sentabrning eng muhim xabarlari

«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transportida shahar aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida 1 oktabrdan boshlab yangi oylik yo‘l chiptalarini kiritishni ma'lum qildi.

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, shu bilan bir vaqtda bosh vazir Shavkat Mirziyoyev 28 sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatiga tashrifni amalga oshirdi.

2016 yil sentabr oyida Yer atmosferasidagi SO2 gazi (is gazi) ulushi belgilangan me'yor 400 ppm (millionga bir) raqamini ortda qoldirgan.

Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi Parij avtosaloniga muqobil boshqarishga ega elektromobil kontseptini keltirdi.

Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Eron hamda Xitoy terma jamoalariga qarshi rasmiy o‘yinlar oldidan o‘zining navbatdagi yig‘inini boshladi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>> batafsil.

30 sentabrning eng muhim xabarlari

Slovakiyada istiqomat qiluvchi 19 yoshli Yeva va 20 yoshli Lukasning to‘yida olingan videotasvir Youtube'ning xitiga aylandi.

Milliy telekanali ijodkorlari tomonidan yangi videorolik tayyorlandi.

AQSh prezidenti Barak Obama va Germaniya kansleri Angela Merkel, ularning ta'biri bilan aytganda, Rossiya va Suriya hukumatining mamlakat sharqidagi Halab shahriga berayotgan varvarlarcha havo zarbalarini qoralashdi.

Parij avtosalonida yaqin kelajakda ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan avtomobillar namunalari namoyish etildi.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Rossiyaning «Krasnodar» klubida safida 29 sentabr oqshomida Yevropa Ligasi guruh bosqichining 2-turida Fransiyaning «Nitstsa» jamoasiga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>> batafsil.

1 oktabrning eng muhim xabarlari

Shu yilning sentabr oyi o‘rtalarida O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Yunusobod va Mirzo-Ulubek tumanlariga tashrif buyurgan edi.

Toshkent shahrida Mustaqillik shoh ko‘chasi bilan tutashuvchi yo‘llarning avval yopilgan qismlari ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov MH17 reysi falokati uchun xalqaro komissiya hisoboti bilan bog‘liq holda uzr so‘rashdan bosh tortdi. Hisobotga ko‘ra, samolyot urib tushirilgan "Buk" raketa majmuasi Donbassga Rossiyadan keltirilgan, so‘ngra yana qaytarib olib ketilgan.

AQShlik ayol Saudiya Arabistoni podshohligiga qarshi arizasi bilan Amerika sudiga murojaat qilgan. Bu hodisa, 2001 yil 11 sentabr voqealarida halok bo‘lganlarning oila a'zolariga shunday ariza topshirishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilinganidan ikki kun o‘tgach, yuz bergan.

Samsung Electronics kompaniyasi yangi avlod Galaxy A8 smartfonini rasman taqdim etdi. U o‘tgan yilning o‘rtalarida sotuvga chiqarilgan va kompaniyaning eng ingichka smartfoni bo‘lib turgan Galaxy A8 o‘rnini egallaydi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>> batafsil.

Mavzuga oid