20:20 / 29.09.2016
16203

Kechki dayjest: 29 sentabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 29 sentabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir qator O‘zbekiston fuqarolari faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

2015 yil 29 sentabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta'lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning farmoni e'lon qilindi.

>>>  Batafsil.

Toshkent metrosiga oylik yo‘l chiptalari qaytadi

«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transportida shahar aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida 1 oktabrdan boshlab yangi oylik yo‘l chiptalarini kiritishni ma'lum qildi.

>>>   Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston va Xorazmga tashrifi vaqtida Taxiatosh IES qurilishini tezlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, shu bilan bir vaqtda bosh vazir Shavkat Mirziyoyev 28 sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatiga tashrifni amalga oshirdi.

>>>  Batafsil.

Obama o‘z qizlarining harbiy xizmatga borishiga qarshilik qilmaydi

AQSh prezidenti Barak Obama o‘z qizlari Maliya va Sashaning mamlakat qurolli kuchlari safida xizmat qilishiga to‘siq bo‘lmaydi.

>>>   Batafsil.

Fotogalereya. Inson to‘fonga qarshi

27 sentabr kuni Tayvan oroliga talofatlar yetkazgan «Megi» to‘foni 28 sentabr kuni Sharqiy Xitoy sohillaridagi Futszyan viloyatiga yopirildi, tabiiy ofatning asosiy zarbasini Tsyuanchjou shahri qabul qildi.

>>>  Batafsil.

Ekologlar bong urmoqda: Yer sayyorasidagi is gazi ko‘rsatkichi 400 ppm darajasidan oshib ketdi

2016 yil sentabr oyida Yer atmosferasidagi SO2 gazi (is gazi) ulushi belgilangan me'yor 400 ppm (millionga bir) raqamini ortda qoldirgan.

>>>  Batafsil.

Saddam Husayn saroyi antiqa buyumlar muzeyiga aylantirildi

Iroq janubi-sharqidagi Basra shahrida joylashgan Saddam Husaynning sobiq saroyi muzeyga aylantirildi.

>>>  Batafsil.

Markaziy bank Respublika valyuta birjasiga litsenziya berdi

O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Respublikada valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi birja faoliyat yurita boshlaydi.

>>>   Batafsil.

Yangi Volkswagen haydovchisiz yuradi

Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi Parij avtosaloniga muqobil boshqarishga ega elektromobil kontseptini keltirdi.

>>>  Batafsil. 

Xitoyda dunyodagi eng ulkan lift ishga tushdi

Xitoyning Xubey viloyatida Xubey Yantsza daryosidagi dunyodagi eng yirik «Uch dara» gidroelektrostansiyasi yaqinida jahondagi eng katta kema lifti ishga tushdi.

>>>  Batafsil.

Toshkent bozorida xaridorgir bo‘lgan mobil telefonlar narxi e'lon qilindi

Toshkentdagi “Malika” savdo markazida sotilayotgan telefonlarning 2016 yil 24 sentabr holatiga ko‘ra narxlarini e'lon qilindi.

>>>  Batafsil.

Ronalduning samolyoti Barselona aeroportida avariyaga uchradi

“Real Madrid” futbolchisi Krishtianu Ronalduning Gulfstream G200 samolyoti Barselonadagi El Prat aeroportiga qo‘nish vaqtida avariyaga uchradi.

>>> Batafsil.

O‘zbekiston terma jamoasi Eron va Xitoyga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshladi

Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Eron hamda Xitoy terma jamoalariga qarshi rasmiy o‘yinlar oldidan o‘zining navbatdagi yig‘inini boshladi.

>>>  Batafsil.

Top