Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya YeIdan chiqish jarayonidagi ilk qadamni tashladi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ma'lum qildiki, britaniyaliklar Yevropa Ittifoqidan chiqish bo‘yicha jarayonni boshlash uchun Germaniyadagi parlament saylovlarini kutib o‘tirmaydi (2017 yilning sentabrida). Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.
Mey xonim yakshanba kungi chiqishida, hukumatdagi Konservatorlar partiyasi a'zolari qarshisida 1972 yilgi Yevropa hamjamiyati haqidagi qonun bekor qilingani haqida ayon etgan. Unga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi qoidalari Britaniya qonunchiligining bir qismi ekani qayd etilgandi.
Bosh vazir mamlakatda qaytadan umummilliy saylovlar o‘tkazilishi ehtimolini istisno etgan. U buni navbatdan tashqari yana bir saylov "beqarorlik" keltirib chiqarishi mumkinligini ta'kidlagan.
Bungacha Mey xonim bir necha marta Britaniya shu yil oxirigacha YeIdan chiqish jarayonini boshlamasligini aytib o‘tgandi. U London Lissabon kelishuvining 50 moddasi bo‘yicha barcha talablar bajarilishini kutish kerakligini bildirgan.
Yevropa Ittifoqini isloh qilishga qaratilgan Lissabon shartnomasi 2009 yilning 1 dekabridan kuchga kirgandi. Lissabon kelishuvi Yevropa Ittifoqi boshqaruvini mustahkamlash, tashqi siyosati samaradorligini oshirish va blok ichida qaror qabul qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Uning 50 moddasiga binoan Bryusselga Yevroittifoqdan chiqish uchun rasmiy ariza berishi kerak.
Buyuk Britaniyada YeIdan chiqish bo‘yicha referendum shu yilning 23 iyunida bo‘lib o‘tgan, unda 50 foizdan ortiq saylovchi Brexit ni ma'qullagandi.
Mavzuga oid
14:48 / 24.11.2024
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
08:53 / 01.12.2022
Brexit: Bryussel Londonga bosim o‘tkazishning yangi vositalariga ega bo‘ladi
14:37 / 04.01.2022
Brexit’ga bir yil to‘ldi: Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etib yutdimi yo yutqazdi?
22:11 / 30.12.2021