00:08 / 02.10.2016
4079

Britaniyalik Lyuis Xemilton Malayziya Gran-prisi saralash bosqichini yutdi

Malayziyadagi "Sepang" avtodromida "Formula-1" avtopoygasining Malayziya Gran-prisi saralash bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Saralashda birinchi o‘rinni va o‘z faoliyatidagi navbatdagi poul-pozishnni "Mersedes" poygachisi Lyuis Xemilton qo‘lga kiritdi.

Xemiltonning natijasi 1 daqiqa 32,850 soniyani tashkil qildi. Uning jamoadoshi Niko Rosberg 2-o‘rinni (1.33,264) va 3-o‘rinni gollandiyalik Maks Ferstappen (1.33,420) egalladi.

Asosiy poyga 2 oktabrda Toshkent vaqti bilan 12:00da boshlanadi.

 

Mavzuga oid
Top