Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Barselona" ketma-ket ikkinchi bor "Selta"da 4ta gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘lmoqda
Ispaniya Primerasining 7-turida “Barselona” safarda “Selta”ga qarshi bahs yuritdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuvda kataloniyaliklar 4:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
Uchrashuvning 1-bo‘limidan “Selta” amaldagi chempion darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritishdi. Ikkinchi bo‘limda Pike dubli va Neymarning penaltidan kiritgan goliga mezbonlardan Ernandes 1ta gol bilan javob qaytardi.
Ma'lumot uchun, "Barselona" o‘tgan mavsumdagi safar o‘yinida ham "Selta"dan 4ta gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘lgan edi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng “Barselona” 13 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Selta” 10 ochko to‘plagan holda 11-o‘rinda bormoqda.
Ispaniya - Primera. 7-tur
“Selta” (Vigo) – “Barselona” (Barselona) – 4:3
Gollar: Sisto, 22 (1:0); Aspas, 31 (2:0); Matyo, 33 (3:0, avtogol); Pike, 58 (3:1); Neymar, 64 (3:2, pen); Ernandes, 77 (4:2); Pike, 87 (4:3).
Ogohlantirishlar: Malo, 63 – Buskets, 45; Pike, 74; Suares, 88.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026