23:20 / 03.10.2016
10319

"StopXam" vakillari Kuvayt elchixonasi mashinasi haydovchisi bilan mushtlashdilar

Internetda "StopXam" harakati faollari diplomatik raqamlarga ega mashina haydovchisi bilan mushtlashganlari videosi paydo bo‘ldi.

Videodan ko‘rinishicha, "StopXam" vakillari avtomobil haydovchisidan mashinani tegishli joyga qo‘yishni so‘rashgan va aynan qayerga qo‘yish mumkinligini ko‘rsatishgan. Haydovchi hech kimga halaqit qilmayotganini va haydovchilarning birinchi iltimosi bilanoq joyni bo‘shatishini aytgan. Biroq, u o‘zini kameraga olinayotganini ko‘rib, kameraga qarab urgan, so‘ngra mashinadan chiqib harakat faollaridan biriga tashlangan. Oqibatda ularning ikkisi yo‘lga ag‘anagan.

Keyinroq faol kameraga uning yuzi tirnalganini ko‘rsatgan.

Mashina undagi bayroqchaga ko‘ra, Kuvayt elchixonasiga tegishliligini ko‘rish mumkin.

Avvalroq Rossiya Oliy sudi "StopXam" harakatini bartaraf etish haqidagi qarorini bekor qilgandi.

 

Top