Jahon | 21:01 / 04.10.2016
8267
2 daqiqa o‘qiladi

Asad jangarilar bilan muloqotga kirishishga roziligini bildirdi

Suriya prezidenti Bashar Asad ma'lum qildiki, agar bu qon to‘kilishini to‘xtatadigan bo‘lsa, jangarilar bilan muzokaralar boshlashga tayyor.

"Bilaman, jangarilar bilan kelishishning imkoni yo‘q. Lekin, agar ular bilan muloqotimiz qon to‘kilishini to‘xtata olsa, biz bu ishni boshlashga tayyormiz", deya Asadning so‘zlarini keltirgan Al Mayadeen telekanali.

U shuningdek, qurolli guruhlar bilan kurashda "xalqning madadiga tayanishini" ta'kidlagan.

Asad o‘z intervyusida "Suriyaning AQSh bilan qarama-qarshilikda g‘olib chiqishi, bu mamlakat dunyo hakami emasligini isbotlab berishi" haqida aytib o‘tgan.

Asad Suriyadagi vaziyat dunyo siyosiy xaritasiga ta'sir ko‘rsatayotgani haqida ta'kidlagan.

"Suriya terrorizm bilan kurashda muhim nuqta bo‘lib, agar Damashq bu jangni yutqazsa, G‘arbning bu mintaqadagi gegemonligiga hech kim qarshi tura olmay qoladi", degan prezident.

Suriya rahbari Ikkinchi jahon urushi davridan buyon AQSh dunyoda faqat buzg‘unchiliklar qilish va davlatlarni barbod qilish bilan band bo‘lgani haqida qo‘shimcha qilgan.

"Obama urush qo‘zg‘amoqchi emasligini aytdimi... Lekin u o‘z boshqaruv davrida nima ishlar qildi?... Barcha urushlar olovini yoqdiku", degan Asad.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid