Jamiyat | 12:41 / 04.10.2016
11447
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyatidagi “Yagona darcha” tuman markazi quyosh panellari bilan jihozlandi

Namangan viloyatining Mingbuloq tuman hokimiyati qoshidagi “Yagona darcha” markazida quyosh panellari o‘rnatildi. Ular yil davomida soatiga 5,5 kilovatt elektr quvvati ishlab chiqaradi.

Quyosh batereyalarini o‘rnatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash/faza2” dasturi doirasida amalga oshirildi.

Ma'lumot uchun: kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat xizmatlari bilan uzluksiz ta'minlash maqsadida Jizzax, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi 20 ta “Yagona darcha” markazlari elektr quvvati ishlab chiqaruvchi benzinli generatorlar bilan ta'minlandi.

Mavzuga oid