2025 yil 1 yanvardan boşlab Özbekistonda BNEF Tier-1 xalqaro röyxatiga kirmaydigan kompaniyalardan quyoş panellari, invertorlar va elektr energiyasini saqlaş tizimlarini import qiliş taqiqlanadi. Bu prezidentning 11 sentabrdagi farmonida (jamoatçilik uçun oçiq e’lon qilinmagan) közda tutilgan, deya xabar berdi Gazeta.uz.

BNEF Tier-1 röyxati Energetika vazirligi va Bojxona qömitasining rasmiy veb-saytlarida muntazam e’lon qilib borilişi va har oyda yangilab borilişi kerak.

Uşbu röyxat Bloomberg New Energy Finance Corp (BNEF) tomonidan yaratilgan reyting bölib, kompaniyalarning kredit qobiliyati va kredit oliş uçun bank talablariga muvofiqligini baholaydi. BNEF öz röyxatini har çorakda yangilaydi, şuning uçun kompaniyalar doimiy ravişda röyxatga kiritiladi va undan çiqariladi. Tier-1 maqomi quyoş panellari yetkazib beruvçisining moliyaviy barqarorligini körsatsa-da, u işlab çiqariş sifati yoki panellarning çidamliligi reytingini bermaydi.

Oxirgi Bloomberg Tier-1 reytingi bilan havola orqali tanişiş mumkin.

Mahalliy işlab çiqaruvçilar töğrisida

Özbekistonda quyoş panellari işlab çiqaradigan qator korxonalar mavjud. Great Start Bild kompaniyasi 2021 yildan buyon A.R.T. SOLAR brendi ostida quyoş modullarini Toşkentda işlab çiqaradi va özini mamlakatdagi birinçi yirik quyoş paneli işlab çiqaruvçisi sifatida körsatadi. Korxonaning quvvati 100 MVtni taşkil etadi. Kompaniya ta’sisçilari Albert va Kuman Avsepian (27,9 foiz va 72,1 foiz) hisoblanadi.

Oktyabr oyida prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyati Yangiyöl tumanidagi «Tinçlik» kiçik sanoat zonasida joylaşgan quyoş panellari va quyoş energiyasi uçun zarur bölgan turli kabellar işlab çiqariladigan Enter Green Solar korxonasiga taşrif buyurdi. Umumiy qiymati 7 million dollar va quvvati 200 MVt bölgan korxonada Italiyaning Ecoprogetti uskunalari örnatildi. Uning negizida yiliga 377 mingta quyoş paneli işlab çiqariş yölga qöyilgan. Enter Steel (60 foiz), Said Amir Baxtiyoroviç Fozilov (20 foiz), Enter Engineering, Eriell, Enera holdingi va boşqa köplab kompaniyalar bilan boğliq tadbirkor Baxtiyor Fozilov, Jasur Xudoyquloviç Jumayev (10 foiz) va Eriellʼda