Jahon | 15:32 / 04.10.2016
7937
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev va Putin ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollarini muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun Qozog‘iston poytaxti Ostonada Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi.

Tomonlar ikki davlat munosabatlari istiqbollarini muhokama qilishgan.

Uchrashuvda Putin Rossiya va Qozog‘iston savdo munosabatlariga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan omillarni kamaytirish kerakligini aytib o‘tgan.

“Biz bunday to‘siqlarga qarshi chora ko‘rishimiz kerak, ushbu salbiy omillarni imkon qadar kamaytirishimiz kerak”, — degan u.

Uchrashuvdan keyin prezidentlar Rossiya va Qozog‘istonning yirik tadbirkorlari ishtirokidagi biznes forumda hozir bo‘ladi.

Shundan so‘ng, davlat rahbarlari “Yevroosiyo hududining transport-logistika salohiyatini kuchaytirish” mavzusidagi XIII Rossiya va Qozog‘iston hududlararo hamkorlik forumida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ushbu forumda qatnashayotgan 900 kishidan 400 nafari Rossiya vakillari bo‘lib, Rossiya rahbarining fikriga ko‘ra, shunday biznes-forumlar o‘tkazish ikki mamlakat orasidagi savdo munosabatlariga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan to‘siqlarni kamaytirishiga yordam beradi.

Shuningdek, mamlakatlar orasida aloqalar rivojlanmagan sohalarda hamkorlikni kuchaytirish, jumladan turizm sohasida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilish ham nazarda tutilgan.

Forum qatnashchilari orasida – asosiy vazirliklar rahbariyati, Rossiya Federatsiyasi sub'yektlari rahbarlari va Qozog‘iston viloyatlari rahbarlari bor.

Mavzuga oid