21:34 / 05.10.2016
11219

Angliya futbolidagi eng nufuzli shaxslar reytingi tuzildi

The Telegraph nashri Angliya futbolidagi eng nufuzli 50 shaxs reytingini tuzib chiqdi.

Ushbu reytingda APL ijrochi direktori Richard Skademor o‘rin egalladi, uning davrida o‘yinlarning teletranslyatsiya huquqi orqali keladigan daromad ortgan.

O‘nlikni «Manchester Siti» jamoasi Xosep Gvardiola (2), mashhur agent Jorjye Mendesh (3), «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino (4), «Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovich (5), «Manchester Siti» egasi shayx Mansur, «Arsenal» ustozi Arsen Venger (7), «MYu» ijrochi direktori Ed Vudvort (8), «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp (9) hamda sobiq futbolchi, ayni vaqtda teleekspert sifatida ishlaydigan Gari Lineker (10) to‘ldirgan.

Mavzuga oid
Top