Guruhning tahlilçilari Qatar va Uelsdagi qarorgohlarda tört yillikning eng yirik musobaqasi öyinlarini ilmiy örganiş bilan band böladi. Dunyoda bunday tahlil bilan şuğullanadigan taşkilotlar bor, lekin ular jamoalarning söroviga asosan pul evaziga öyinlarni tahlil qilib beradi. Venger rahbarligidagi guruh esa zamonaviy texnologiyalar va amaliyotda natijalarni qölga kiritgan murabbiylar yordamida kelinadigan ilmiy xulosalarni muxlislar uçun oçiq manbalarda e’lon qilib boradi.
19 noyabr kuni Qatardagi boş media markazda tahlil guruhi rahbari Arsen Venger va futbolçi sifatida jahon çempioni bölgan Yurgen Klinsman iştirokida matbuot anjumani ötkazildi.

«Biz avvalgidan ham köra köproq ma’lumot oliş barobarida muxlislarda bu öyinga nisbatan qiziqiş yanada ortişi uçun ularni e’lon qilib boramiz ham. Maqsadimiz şuki, kelajakda murabbiylar mana şu raqamlar orqali talantlarni yaxşiroq aniqlay olsin, texnik tahlillar aniq bölsin. Biz tahlillarimizni heç kimga kerkak bölmay qoladigan 2-3 oydan keyin emas, musobaqa vaqtidayoq e’lon qilib boramiz», dedi Venger.
«Arsenal» sobiq ustozining aytişiça, bunday raqamlar yordamida işlangan tahlillar futbolni yanada qiziqiş bilan körişga yordam beradi. Ammo futbolçilar bu tahlillardagi körsatkiçlarini yaxşilaşga urinib çalğib qolişlari kerak emas, deydi Venger.
Har öyindan keyin maxsus oçiq platformada e’lon qilib boriladigan tahlillarni har bir öyinçi uçun alohida köriş ham mumkin. Ya’ni, futbolçilarning öziga xos profili böladi.

«Biz futbolçilar töp bilan va töpsiz qanday öynayotganini tahlil qilamiz. Masalan, Xorvatiyaning öyinida Modriç markazda töpni yetarliça qabul qilib olmayotgan bölsa, nega bunday bölayotganini aniqlaşga urinamiz. Balki uni bloklaşgandir, balki markaziy himoyaçi töpni oşirmagandir. Ammo futbolçilar bu körsatkiçga çalğib qolişi kerak emas, bu tahlillardan yaxşi maqsadda foydalaniş kerak».
Himoya mustahkamroq böladi
Arsen Vengerning aytişiça, Qatardagi mundialda Rossiyadagiga qaraganda jamoalar himoyalanişni ertaroq boşlaşadi. Ya’ni, hujum va yarimhimoya mudofaalanişda faolroq iştirok etadi.
«Pressing jamoalarning asosiy quroliga aylanmoqda. Pressing juda ommalaşdi va universal köriniş oldi. Qaysi jamoani qaramang erta pressingga kirişişga harakat qiladi, qarşi pressingga ham tezda kirişa oladi. Hamma himoyaga tezroq bosim qilişga intilmoqda. Bu musobaqada uzun paslar va pressingni yorib ötişi mumkin bölgan birinçi driblinglarni örganiş judu qiziq böladi», deydi «Arsenal» afsonasi.
Fransiyalik murabbiyning sözlariga köra, Argentina kabi yaqinda Le Çelsosini yöqotgan jamoalarga qiyin böladi. Birinçi öyinlar esa juda muhim, oxirgi daqiqalarda jarohatga duç kelmagan, bir xil tempda şuğullangan jamoalar ustunlikka ega böladi.

Matbuot anjumanida qatnaşgan Germaniya milliy jamoasi safida jahon çempioni bölgan va «nemis maşinasi»ni ikki marta muabbiy sifatida mundialga olib borgan Yurgan Klinsmanning sözlariga köra istalgan Osiyo yoki Afrika jamoasi qat’iyatli bölsa, uzoqqaça borişi mumkin. «Ammo himoyaviy futbol bilan uzoqqa bora olmaysiz», dedi Germaniya milliy jamoasi sobiq ustozi.
Ötkir Jalolxonov, Qatar.













