Fan-texnika | 20:39 / 05.10.2016
12762
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng katta yelkanli yaxta dengizga sinash uchun chiqarildi

Foto: © EPA

Dunyodagi eng katta yelkanli yaxta Sailing Yacht A suzishini sinash uchun birinchi marta dengizga chiqarildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Tekshiruv vaqtida yelkanlarni avtomatik boshqarish tizimi sinovdan o‘tkaziladi. Rossiyalik milliarder Andreya Melnichenko buyurtmasi bilan qurilgan bu yaxta Kildagi Nobiskrug verfidan dengizga chiqarilgan.

143 metrlik yaxta 2015 yil sentabrda suvga tushirilgan. Mutaxassislarning baholashicha, yaxta egasiga kamida 400 mln dollarga tushgan. Yaxtaning tashqi ko‘rinishini yaratish bilan taniqli dizayner Filipp Stark shug‘ullangan.

Andrey Melnichenko SUEK energetik kompaniyasi (92,2 foiz), "Yevroxim" (90 foiz), "Sibirskaya generiruyushchaya kompaniya" (92,2 foiz) kabi kompaniyalar aksiyalarining nazorat paketiga ega. Forbes jurnali uning boyligini 8,2 mlrd dollarga baholagan. Tadbirkor "Rossiyaning eng badavlat tadbirkorlari" reytingida 2016 yilda 11-o‘rinni egallagan.

 

 

Mavzuga oid