Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada rossiyalik milliarder Melnichenkoning yaxtasi xatlovga olindi
Yaxta Sailing Yacht A deb nomlanadi, u dunyodagi eng katta xususiy yelkanli yaxta hisoblanadi. Uning narxi 530 mln yevro deb baholangan.
Italiya moliyaviy gvardiyasi Yevroittifoq sanksiyalari doirasida rossiyalik milliarder Andrey Melnichenkoning yaxtasini xatlovga oldi, deb xabar berdi La Repubblica.
Yaxta Sailing Yacht A deb nomlanadi, u dunyodagi eng katta xususiy yelkanli yaxta hisoblanadi, deb yozadi gazeta.
Yaxtaning uzunligi 142 metrga teng, suv sig‘imi 13 ming tonna atrofida. Uning narxi 530 mln yevro deb baholangan. Yaxta Triyesta portida turgandi.
Yevroittifoq 9 mart kuni rossiyalik biznesmen va siyosatchilarga nisbatan sanksiyalar kiritgan, ro‘yxatdan Melnichenko, Dmitriy Pumpyanskiy, Dmitriy Mazepin va Vadim Moshkovichlar o‘rin olgandi.
Ularga YeIga kirish taqiqlangan, shuningdek, YeI mamlakatlaridagi aktivlari muzlatilgan.
Mavzuga oid
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:20 / 17.06.2026
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
08:33 / 05.06.2026