Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari ma'lum qilindi
Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi dunyo ilm-fan olamida nufuzli sovrinlardan biri Nobel mukofotining kimyo yo‘nalishi bo‘yicha 2016 yilgi sovrindorlari nomini e'lon qildi. Olimlar Jan-Per Savaj, Frezer Stoddart va Bernard Fering "molekulyar mashina"lar sintezini amalga oshirganlari uchun shunday e'tirofga sazovor bo‘lishgan.
Bu yilgi kimyogar olimlar yo‘naltirilgan harakatlarni amalga oshira oladigan molekulyar mexanizmlarni ishlab chiqishni uddalashgan. Ular haqiqiy mashinalardek harakatlana oladi, deyiladi Nobel qo‘mitasi axborotnomasida. Bular birinchi galda turli sensorlar, shu jumladan tibbiyotda ham qo‘llanilishi mumkin, deb xabar qiladi RIA Novosti agentligi.
An'anaga ko‘ra, taqdirlash marosimi Nobel mukofoti asoschisi, tadbirkor va ixtirochi Alfred Nobelning (1833-1896) vafot etgan kuni - 10 dekabrda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:06 / 09.10.2024
Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari nomi e’lon qilindi
12:06 / 20.02.2024
“Xorijda grant asosida o‘qish imkoniyatlari ko‘pchilik o‘ylaganidan ko‘proq” - Nyu-Yorkdagi o‘zbek doktorant
18:31 / 25.12.2023
2024 yilda elektrotexnika, kimyo va farmatsevtikada 12 milliard dollarlik 24 ta loyiha boshlanadi
15:01 / 04.10.2023