Yiğilişda qayd etilganidek, sönggi yillarda kimyo sohasiga 8,3 milliard dollar investitsiya jalb qilinib, 87 ta yirik işlab çiqariş quvvati işga tuşirildi. Natijada PVX, “yaşil” vodorod, köpikli polipropilen va BOPP plyonka kabi 60 dan ortiq yangi turdagi mahsulotlar işlab çiqariş özlaştirildi.

Şu bilan birga, kimyo sanoatida hal qilinişi lozim bölgan masalalar ham saqlanib qolmoqda. Xususan, tarmoq ösiş sur’atlari respublika sanoati örtaça körsatkiçlaridan past ekani, kimyo mahsulotlari importi esa yiliga 4,5 milliard dollarga yetgani ta’kidlandi.

Prezident yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişga alohida e’tibor qaratdi. Masalan, “Navoiyazot”da işlab çiqarilayotgan bir tonna sian tuzining bozor qiymati 3,7 ming dollar bölsa, uni qayta işlab yelim mahsuloti tayyorlanganda qiymati 8 ming dollargaça oşişi mumkinligi qayd etildi.

Şu munosabat bilan mutasaddilarga “Navoiyazot” huzuridagi kimyo klasterida umumiy qiymati 1 milliard dollar bölgan 10 ta kam tonnali kimyo loyihasini boşlaş topşirildi.

Yiğilişda kimyo sanoatida mahalliy xomaşyoni çuqur qayta işlaş, import örnini bosiş va eksportbop mahsulotlar işlab çiqarişni köpaytiriş sohaning asosiy vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.