Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luis Suares "Barselona"dan o‘zi uchun qancha maosh talab qilayotganligi ma'lum bo‘ldi
"Barselona"ning urugvaylik hujumchisi Luis Suares kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin. Ayni paytda "Barselona" Suaresga yangi shartnoma tayyorlamoqda. Uning ayni paytdagi shartnomasi muddati 2019 yilning yozida poyoniga yetadi.
Urugvaylik hujumchi ham "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolashga qarshi emas. Biroq Suares "Barselona"dan yiliga 16 million yevro maosh talab qilmoqda. Hozirda uning klubdagi yillik maoshi 10 million yevroni tashkil qiladi.
Sport.es nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, Suares jamoadoshi Neymardan kam maosh olishni istamayapti. Neymar "Barselona"da yiliga 16 million yevro maosh oladi. Klubda eng ko‘p maoshni esa Lionel Messi oladi. Argentinalik hujumchining maoshi 21,2 million yevroni tashkil qilmoqda.
Luis Suares joriy mavsum Ispaniya chempionatida 7 uchrashuvda maydonga tushgan va 5 ta gol kiritgan. Neymarning hisobida esa 5 ta o‘yinda urilgan 4 ta gol bor.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026