Ispaniya soliq xizmati Neymarning «Barselona»ga o‘tishi bo‘yicha ishni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda
Ispaniya soliq xizmati Neymarning Braziliyaning «Santos» klubidan Ispaniyaning «Barselona» klubiga o‘tishi bilan bog‘liq ishni qayta ko‘rib chiqish uchun sudga arznoma topshirdi. Ayblovchi tomon futbolchi, uning otasi hamda ko‘k-anorranglilar jamoasining sobiq prezidenti Sandro Roselni firibgarlik va korrupsiyada ayblab, ularning javobgarlikka tortilishini istamoqda. Bu haqda Sport.es xabar tarqatgan.
Eslatib o‘tamiz, sud shu yilning iyulida bu ishni jinoyat alomatlari sezilmagani va yetarli dalillar bo‘lmagani uchun yopgandi.
Soliqchilarning iddao qilishicha, har ikkala tomon Neymarning transfer narxini pasaytirib ko‘rsatgan va 13 million yevrodan ko‘proq mablag‘ni yashirib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2013 yilda «Barselona»ga 57,1 mln yevro evaziga transfer qilingandi. Ispaniyalik prokurorlarning hisoblashicha, aslidas futbolchining transfer qiymati 100 million yevrodan ortiqroq bo‘lgan.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
16:11 / 21.08.2023
Ronaldu OChLda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Krishtianu, Neymar va Benzema qaysi o‘zbek klubiga qarshi o‘ynashi mumkin?
19:26 / 16.08.2023
Shaxsiy samolyot, xizmatchilari bilan koshona va katta maosh. Neymar nega Saudiyani tanladi?
14:23 / 16.08.2023
«PSJ» Neymarga o‘rinbosar topdi, «Bavariya» esa - Noyyerga. So‘nggi transfer xabarlari
21:23 / 15.08.2023