JÇda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qöydi
|16:49 / 25.06.202619 46016 min
Pley-offning dastlabki juftligi aniq böldi; Janubiy Koreya va Qatar yutqazib qöyişi vaziyatni Özbekiston uçun yanada yomonlaştirib yubordi. Endi Kannavaro şogirdlari uçinçi örin vakillari reytingida sakkizlikka kirişi uçun kongoliklarni faqat yirik hisobda yengişi talab etiladi.
Jahon çempionatida guruh bosqiçi yakuniga yetmoqda, uçinçi turning dastlabki kuni ham voqealarga boy böldi. 24 iyundan 25 iyunga ötar keçasi 6 ta uçraşuv ötkazildi hamda A, B va C kvartetlarida jamoalarning yakuniy örinlari ma’lum böldi. Meksika milliy jamoasi Çexiyani yirik hisobda taslim etdi (3:0), JAR Janubiy Koreya ustidan sensatsion ğalabaga erişdi (1:0), Marokaş Haiti bilan öyinda kambek amalga oşirdi (4:2), Braziliya Şotlandiyaga heç qanday imkon qoldirmadi (3:0), Şveytsariya Kanadadan ustun keldi (2:1), Bosniya va Hersegovina esa Qatarni uyiga jönatdi (3:1).
Maydon taşqarisida ham qiziqarli voqealar bölib ötdi: Janni Infantino suv içib oliş uçun qilinayotgan tanaffus FIFAga pul keltirmasligini ma’lum qildi, ganalik şaman esa Harri Keyndan tavqi la’natni «olib taşladi».
1/16 finalga çiqiş uçun Çexiyadan haddan taşqari qiyin vazifani uddalaş talab etilardi – jahon çempionatidagi eng işonçli himoya çiziğini yorib ötiş. A guruhida dastlabki ikki turda JAR (2:0) va Janubiy Koreya (1:0) meksikaliklar darvozasiga gol urolmagandi. Bu iş yevropaliklarga ham nasib etmadi.
Birinçi bölim teng kuraşlar ostida keçdi, jamoalar çinakamiga xavfli vaziyatlar yarata olişmadi. Ammo tanaffusdan keyin turnir mezbonlaridan biri öyinni kuçaytirişdi va raqib darvozasini uç bor işğol etişdi: Mateo Çaves, Hulian Kinones va Alvaro Fidalgo öz nomlariga bittadan gol yozdirib qöyişdi.
Öyin yakunlanişi arafasida meksikalik muxlislar uçun yana bir quvonçli voqea röy berdi: bu çempionatda ilk bor jamoaning afsonaviy darvozaboni Gilermo Oçoa maydonga tuşib keldi. 40 yoşli posbon uçun bu faoliyatidagi oltinçi mundial böldi. U özi munosib bölgan olqişlarga va qariyb 20 daqiqaga ega böldi.
Mavzuga oid
Çexlar esa ikkinçi bölim davomida ham aytarli vaziyat yarata olmadi. Miroslav Koubek şogirdlari guruhda sönggi örinni egallab, turnirni tark etadigan böldi.
JAR ikkinçi örin bilan pley-offga çiqdi
JAR – Janubiy Koreya 1:0
Gol: Maseko, 63 (1:0)
JAR: Uilyams, Mbokazi, Okon, Modiba, Mudau, Mbata, Sitole, Mofokeng (Adams, 80), Appollis (Moremi, 62), Maseko (Rayners, 75), Makgopa
Janubiy Koreya: Kim Sin Gu, Kim Min Je (Pak Jin Seob, 66), Li Gi Hek, Li Xan Bem, Xvang In Bom, Pek Sin Ho (Kastrop, 46), Li Te Sok (Kim Jin Kyu, 46), Sol Yen U, Hvang Hi Çhang (Son Heung Min, 46), Li Kan In, Hon Gu O (Guye Son Ço, 74)
Ogohlantirişlar: Modiba, 73 – Guye Son Ço, 79
Ikkinçi turda Çexiya bilan durangga erişgan (1:1) janubiy afrikaliklar pley-off yöllanmasini kafolatlaş imkoniyatidan foydalanişga qaror qilişdi. Ikkinçi örinni egallaş uçun jamoadan ikkinçi örin uçun asosiy da’vogar bölgan Janubiy Koreyani mağlub etiş talab etilardi.
Osiyoliklar jamoasi öyinning boşlanğiç qismini ustunlikda ötkazdi, ammo asta-sekin taşabbus JAR qöliga öta boşladi. Ugo Bros şogirdlari öyinni kuçaytirib borişdi va maydonning ikkinçi qismida köproq işlab, tez-tez zarbalar bera boşladi. Va ikkinçi bölimda özi haqli bölgan golni urişga erişdi: hujumçi Tapelo Maseko öz nomini tabloga yozdirib qöydi. Şundan keyin afrikaliklar töpni raqibga topşirdi va sönggi daqiqalargaça himoyada işonçli harakat qilişdi.
Minimal ğalaba va guruhdagi ikkinçi örin jamoani tarixda ilk bor pley-offga olib çiqdi – endi ularni Kanadaga qarşi öyin kutmoqda. Sensatsion ravişda yutqazib qöygan janubiy koreyaliklar esa uçinçi öringa tuşib ketdi va guruh bosqiçi yakunlanişini kutiş rejimiga ötdi.
Şu bilan birga, osiyoliklarning bu mağlubiyati qit’aning boşqa bir vakili – Özbekiston uçun qimmatga tuşdi. Agar koreyslar öz öyinida ğalaba qozonganida JAR 1 oçko bilan uçinçi örinda qolgan bölar va Özbekistonga guruhdan çiqiş uçun raqobatçi böla olmasdi. Koreya esa endi töplar nisbati nisbatan yaxşiligi (-1) hisobiga katta ehtimol bilan uçinçi örin vakillari orasidagi sakkizlikka kira oladi. Töplar nisbati juda yomon bölgan (-7) Özbekiston endi bu sakkizlikka kirişi uçun Kongo DR ustidan juda yirik hisobda ğalaba qozonişi talab etiladi.
B guruhi
Kelişilgan durang bölmadi
Şveytsariya – Kanada 2:1
Gollar: Vargas, 46 (1:0). Manzambi, 57 (2:0). P. Devid, 76 (2:1)
Şveytsariya: Kobel, Elvedi, Akanji, Rodriges, Hakes (Vidmer, 74), Froyler, Jaka, Manzambi (Fassnaht, 85), Vargas (Ndoy, 80), Sou (Ebişer, 74), Embolo (Itten, 85)
Kanada: Krepo, De Fujyerol, Kornelius, Lareya (Şaffelberg, 83), Jonston, Şuaner (Euştakiu, 58), Saliba, Ahmad (Millar, 58), Byukenen (P. Devid, 74), Larin (Oluvaseyi, 58), J. Devid
Ogohlantirişlar: Jaka, 32 – Larin, 32. Millar, 87
Kanada ham, Şveytsariya ham ikkinçi turdan keyin 4 tadan oçko jamğarib, amalda pley-off masalasini hal qilgandi. Sönggi turda özaro keçadigan öyinda jamoalarni durang ham qoniqtirardi – şunda Bosniya va Hersegovina – Qatar öyini natijasidan qat’i nazar birinçi va ikkinçi örinlar saqlab qolingan bölardi.
Öyinning birinçi bölimi davomida amalda ham jamoalar durangga qarşi emasdek körindi. Ammo ikkinçi bölim boşlanişi bilan şveysarlarning yoş yulduzi Joan Manzambi Ruben Vargasni golli pas bilan ta’minladi va hisob oçildi. Köp ötmay jahon çempionati kaşfiyotlaridan biri bölayotgan yoş vunderkindning özi hisobdagi ustunlikni mustahkamladi.
Ammo turnir mezbonlari şunçaki taslim bölişni istaşmadi va zaxiradan öyinga qöşilgan Devid Promis bitta javob golini urdi. Öyin oxirigaça hisobni tenglaştiriş uçun kanadaliklarda yana bir neça imkoniyat böldi, ammo öyin baribir Şveytsariyaning ğalabasi bilan yakunlandi (2:1). Şu bilan birga, mağlubiyat ham Jyessi Marş şogirdlarini ikkinçi örindan pastga tuşirib yubormadi – bosniyaliklar Kanadadan ötib ketişi uçun parallel öyinda öta yirik hisobda ğalaba qozonişi talab etilardi.
Qatarliklar ötgan turda Kanadadan öta yirik hisobda yutqazganiga qaramay (0:6), hamon uçinçi örin orqali pley-offga çiqiş imkoniyatini saqlab turgandi. Buning uçun Bosniya va Hersegovinani imkon qadar yirik hisobda mağlub etiş talab etilardi.
Ammo 18 yoşli Karim Alaybegoviç 29-daqiqada qatarliklarning umidlarini söndirdi. U jahon çempionatida gol urgan eng yoş futbolçilar önligiga kirib, Lamin Yamal va Lionel Messini ortda qoldirdi.
Köp ötmay Qatar öz futbolçisidan ham gol ötkazib yubordi: Sulton Al-Brake avtogol muallifiga aylandi. Şundan keyin barça yevropaliklar hisobni yiriklaştirişiga tayyorlana boşladi (bosniyaliklarga ikkinçi öringa çiqiş uçun yana 7 ta gol kerak bölardi), lekin bölim oxirlarida Hasan Al-Haydos hisobni qisqartirdi.
Qatarliklarda bundan ortiğiga kuç topilmadi. Öyin oxirida Ermin Maxmiç yana bir gol urdi va yakuniy hisobni örnatdi – 3:1.
Qatar kutilganidek guruhda törtinçi örinni egalladi, ammo şu kuni arablarda ham öz qit’adoşlari – Özbekistonga yordam beriş imkoniyati bor edi. Agar bu öyinda durang natija qayd etilganida Bosniya va Hersegovina ikki oçko bilan qolar va pley-off uçun kuraşdan çiqqan bölardi. Ammo endi tört oçkoga ega bölgan bu jamoa katta ehtimol bilan uçinçi örinlar orasidagi sakkizlikning eng yuqorisida böladi.
C guruhida Marokaş va Haiti örtasidagi keçgan öyinda esa amalda intriga yöq edi. KONKAKAF vakillari dastlabki turlarda yutqazib, pley-offga çiqişdan umid uzgandi, birinçi turda Braziliyadan oçko tortib olgan (1:1) va keyin Şotlandiyani minimal hisobda mağlub etgan (1:0) afrikaliklar esa özini juda qulay his qilayotgandi. Bunday öyinda futbolçilar muxlislar uçun öynaşdi va gollar şousini uyuştirişdi.
Va barçasi Haiti kutilmaganda tezkor gol urişi bilan boşlandi: 10-daqiqadayoq Lenni Jozef qanotdan oşirilgan töpga tovoni bilan zarba berdi, töp darvozabonga tekkan holda yönalişini özgartirib, törga borib tuşdi. Afrikaliklar javob qaytariş uçun oldinga taşlanişdi va bir qança supervaziyatlar yaratişdi va faqat 39-daqiqaga kelib Aşraf Hakimining sa’y-harakatlari bilan hisobni tenglaştirişdi. Ammo haitiliklar darhol javob qaytarişdi – «Sanderlend» hujumçisi Vilson Izidor töqqizlik tomon kuçli zarba yölladi.
Birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda esa Ismoil Saybari yana muvozanatni tikladi (u qatorasiga uç öyinda gol urmoqda) va jamoalar tanaffusga 2:2 hisobida yöl olişdi.
Ikkinçi bölimda öyin sur’ati pasaydi. Haitiliklar durang hisobni saqlaş va jahon çempionatidagi ilk oçkosini qölga kiritişga harakat qilişdi, ammo buni uddalay olişmadi. Öyin oxirida marokaşliklar zaxirani işga solib, Sufyon Rahimiy hamda Jasim Yosinning gollari evaziga işonçli ğalabaga erişdi – 4:2.
Parallel bahsda Braziliya guruhda birinçi örinni egallaşni maqsad qilgan holda harakat qildi. Şotlandlarning bu öyin uçun taktikasi tuşunarli edi: ularni kiçik hisobdagi mağlubiyat ham qoniqtirardi va jamoa ilk daqiqalardan çuqur himoyalandi. Ammo bu reja yettinçi daqiqadayoq buzilib ketdi: yevropaliklar qisqa töp uzatişlar bilan himoyadan çiqişda xatoga yöl qöyişdi, pentakampeonlar muvaffaqiyatli pressing uyuştirişdi va Vinisius Junior hisobni oçdi.
Birinçi bölim oxirlarida Braziliyaning bosimi yana natija keltirdi: Brunu Gimarayns «Real» vingeriga havodan töp oşirdi – u esa töpni öziga böysundirib, dublni rasmiylaştirdi. Qatorasiga uçinçi öyinda gol urayotgan Vini endi töpurarlar poygasida 4 gol bilan Messini (5) ta’qib etuvçilar guruhiga qöşildi (Holand va Mbappeda ham hozirça 4 tadan gol bor). 60-daqiqada esa Mateus Kunya ham öz hisobiga gol yozib qöyib, janubiy amerikaliklarning yirik hisobdagi ğalabasini ta’minladi – 3:0.
Şundan keyin jamoalar sur’atni pasaytirişdi va öyinning asosiy voqeasi röy berdi: jarohatidan tuzalgan Neymar maydonga olqişlar ostida tuşib keldi. Braziliya tarixidagi eng yaxşi töpurar milliy jamoada 2023 yildan buyon öynamayotgandi, Karlo Ançelotti esa unga imkoniyat berdi.
Futbolçi murabbiyning işonçini oqladi va öziga berilgan daqiqalarda yöqolib qolmadi: şeriklariga vaziyatlar yaratdi va özi ham bir bor zarba berdi. Unda hali gol uriş uçun ham imkoniyat bölişi mumkin – jamoa guruhda birinçi örinni olib, pley-offga çiqdi.
FIFA öyin vaqtidagi pauzalar orqali pul işlamayapti
Jahon çempionatida bölimlar örtasida yuzaga kelayotgan va uç daqiqa davom etayotgan tanaffuslar muxlislarda ham, murabbiylarda ham norozilik uyğotmoqda.
Köpçilik bu qoidada «FIFAning qöli borligi»ni, reklama slotlari köpayişi evaziga taşkilot köproq pul işlayotganini taxmin qilgandi. Ammo Janni Infantino bunday ayblovni rad etib çiqdi.
«FIFAda qöşimça daromad yöq, çunki barça tijorat şartnomalari oldindan imzolangan. Biz uçun bu moliyaviy masala emas, balki sof sport masalasi», – deya FIFA rahbarining sözlarini keltiradi taşkilot sayti.
Keyndan tavqi la’nat «olib taşlandi»
Ganadan bölgan şaman Nana Kvaku Bonsam öz jamoasining Angliya bilan öyinidan oldin raqiblar hujumçisi Harri Keynni la’natlaganini aytib çiqqandi. Natijada uşbu futbolçi yaqqol golli vaziyatdan foydalana olmadi va öyin durang hisobda yakunlandi (0:0) va köpçilik uşbu şamanning sözlariga işonib qoldi.
Öyindan keyin esa uşbu sehrgar futbolçiga gol urişda davom etişi mumkinligini bildirdi. «Men dunyodagi eng qudratli şamanman. Endi Angliyaning keyingi öyinlarida gol ura olişi uçun Keynni ozod etaman. Mendan xafa bölmasin», – deya Bonsamning sözlarini keltirgan Daily Star.
Bellinghem nega çetlatilmadi?
Aynan Gana bilan bölib ötgan öşa öyin (0:0) ortidan Jud Bellinghem mojaroli holat markazida qoldi. U öyinning 38-daqiqasida ganaliklar hujumçisi Jordan Ayyu bilan gaplaşayotganida oğzini qöli bilan bekitib olgandi, yangi qoidalarga köra esa bu harakat qizil kartoçka bilan jazolanişi kerak.
Turnir davomida xuddi şunday holat uçun Paragvay hujumçisi Migel Almiron maydondan çetlatilgandi. Judning vaziyati esa hakamlar e’tiboridan çetda qoldi.
Paragvay futbol federatsiyasidagilar norozilik bildirib çiqdi.
«Qoida barça jamoalarga bir xil qöllanişi kerak, aks holda u öz obrösini yöqotadi», – deya taşkilotdagi manbaning sözlarini keltiradi AS naşri.
Navbatdagi öyinlar
Uçinçi tur avjiga çiqmoqda. 25 iyun kuni keçqurun va 26 iyunga ötar keçasi yana oltita öyin bölib ötadi:
01.00 Kyurasao – Kot-d'Ivuar
01.00 Ekvador – Germaniya
04.00 Tunis – Niderlandiya
04.00 Yaponiya – Şvetsiya
07.00 Paragvay – Avstraliya
07.00 Turkiya – AQŞ