Sport | 20:40 / 07.10.2016
2890
2 daqiqa o‘qiladi

Reuters: Kostarikalik Li FIFAdagi korrupsiya ishi bo‘yicha o‘ziga qo‘yilgan ayblovni tan olishga tayyor

© AP Photo/Kent Gilbert

FIFA ijroiy qo‘mitasining sobiq a'zosi, Kosta-Rika futbol federatsiyasining sobiq rahbari Eduardo Li tashkilotdagi korrupsiya ishi bo‘yicha o‘ziga qo‘yilgan ayblarni tan olmoqchi. Bu haqda sud hujjatlariga asoslanib, Reuters xabar tarqatgan.

Li FIFA homiyligidagi yirik turnirlarning tijoriy huquqlarini sotishda yirik miqdorda poralar olganlikda gumon qilinmoqda. 2015 yilning sentabrida Shveytsariya hukumati Lini AQShga ekstraditsiya qilishga ruxsat bergandi, 18 dekabr kuni u Amerika sudiga topshirildi.

Lining vakillari o‘z mijozlarini garov evaziga ozod etishni so‘rashmadi. Sudning navbatdagi eshittiruvi keyingi yilning 16 martiga belgilangan.

FIFA tarixidagi eng yirik mojaroga aylangan voqealar 2015 yilning 27 mayida, Tsyurixda FIFAning 7 nafar yuqori lavozimli amaldori qo‘lga olinganidan keyin boshlangandi: FIFAning rivojlanish bo‘yicha sobiq direktori, Nikaragua futbol federatsiyasining sobiq prezidenti Xulio Rocha, Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi (KONKAKAF) futbol konfederatsiyasi prezidenti Kostas Takkas, FIFA vitse-prezidenti, tashkilot ijroiya qo‘mitasi a'zsoi Jyeffri Uebb, FIFA vitse-prezidenti Euxenio Figeredo, Braziliya futbol konfederatsiyasi sobiq prezidenti Xose Mariya Marin, Venesuela futbol federatsiyasi prezidenti Rafael Eskevel hamda Eduardo Li.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid