AQŞ çegara-bojxona xizmati futbol böyiça jahon çempionati öyinlarida işlaşi kerak bölgan somalilik hakam Umar Artanni mamlakatga kiritmadi. Natijada u AQŞdan taşqari Şimoliy Amerikaning yana ikki davlati – Kanada va Meksikada ham bölib ötadigan turnir öyinlarini boşqara olmaydigan böldi.

Somalilik hakam 6 iyun kuni Istanbuldan Mayami xalqaro aeroportiga yetib kelgandi. AQŞ Çegara-bojxona xizmati xabarida uning şaxsini oşkor qilinmagan, biroq turnirda Somalidan faqat bitta hakam – Umar Artan iştirok etişi kerak edi.

FIFA uşbu holat böyiça izoh berib, qabul qiluvçi davlatning migratsiya va viza masalalariga aralaşa olmasligini ma’lum qildi.

«FIFA mezbon mamlakatning immigratsiya tartib-taomillarida, jumladan viza masalalarida iştirok etmaydi. Vakolatli idoralar bizga janob Artanning maqomi hozirça qayta körib çiqilmasligini ma’lum qildi», – dedi federatsiya vakili.

AQŞ Bojxona va çegara xizmati ham bu voqeani tasdiqlagan. Biroq idora bayonotida mamlakatga kiriş rad etilgani sabablari keltirilmagan.

Umar Artan esa röy bergan voqeaga qaramay, faoliyatini davom ettiriş niyatida ekanini bildirdi. U özini qöllab-quvvatlagan futbol jamoatçiligiga minnatdorlik izhor qildi va hamkasblariga jahon çempionatida omad tiladi.

«Qöllab-quvvatlov sözlari uçun futbol oilasiga rahmat aytaman. Hamkasblarimga jahon çempionatida muvaffaqiyat tilayman va kelajakdagi turnirlarda ular safiga yana qöşilişga umid qilaman», –dedi Artan.

Umar Artan Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) tomonidan 2025 yilning eng yaxşi hakami deb e’tirof etilgan edi. U jahon çempionati final bosqiçi öyinlariga jalb qilingan birinçi somalilik referi sifatida ham tarixga kirgan.

Kuzatuvçilar fikriça, mazkur qaror sport va migratsiya siyosati kesişgan nuqtada yuzaga kelgan bahsli holatlardan biri bölib, jahon çempionati oldidan katta muhokamalarga sabab bölişi mumkin.