Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
70 sotixli issiqxonasi uchun gaz quvuriga ruxsatsiz ulangan “ishbilarmon” xalq mulkiga jiddiy zarar yetkazdi
Foto: Inform.kz
Zangiota tumanidagi Guliston qishloq fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Ma'ruf Rustamov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 70 sotix yerga issiqxona qurdi. Bu albatta xayrli ish. Biroq u issiqxonani isitishda jinoyatga qo‘l uradi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
O‘tgan yilning noyabr oyida M.Rustamov aholi foydalanadigan o‘rta bosimdagi gaz quvuriga hech qanday ruxsatsiz, o‘zboshimchalik bilan ulanib oladi, gazdan xo‘jasizlarcha foydalana boshlaydi. Issiqxona beshta gaz qozoni orqali isitilishi natijasida xalq va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkaziladi. Surishtiruv jarayonida ma'lum bo‘lishicha, M.Rustamov o‘tgan yilning noyabr oyidan joriy yilning yanvar oyiga qadar noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanib, tumangaz idorasiga 50 mln. 542 ming so‘mlik zarar yetkazgan ekan.
Qonunlarimizga binoan jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudida atroflicha ko‘rib chiqilib, M.Rustamovga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.
Mavzuga oid
14:04 / 20.02.2026
Sud qarorlari ijrosini to‘xtatish tartibi qat’iylashtirilishi mumkin
21:19 / 13.02.2026
Li 9 va BYD to‘qnashuvi: Toshkent sudlari yana shov-shuvli ish markazida
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
20:43 / 03.02.2026