Joriy yil 25 fevral kuni Toşkent şahrida BMW maşinasida YPX inspektorini urib ketgan voyaga yetmagan Doniyor Turğunovga nisbatan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari yakunlanib, iş sudga oşirilgani ma’lum böldi. Bu haqda Kun.uz manbalari ma’lum qildi.

Manbaga köra, jinoyat işi Mirobod tuman sudida yopiq tarzda körib çiqilmoqda (JPK talabiga köra, voyaga yetmaganlar iştirokidagi işlar yopiq köriladi). 26 iyun kuni dastlabki sud majlisi ötkazilgan.

Jinoyat işi yopiq tarzda ötkazilayotgani uçun sud majlislari jadvalida keltirilmagan.

Toşkent şahar sudlari matbuot xizmati Kun.uz söroviga javoban iş jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudida körilayotgani, iş sudga Jinoyat kodeksining 104-moddasi uçinçi qismi «d» bandi (odam ölimiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan taqdim etilgani, sudlanuvçiga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi saqlanib qolgani haqida ma’lum qildi.

Eslatib ötamiz, 2026 yil 25 fevral kuni Toşkent şahrining Mirobod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turğunov BMW maşinasida yöl-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eşnazarovni urib yuborgandi.

Inspektor oğir jarohatlar oqibatida vafot etgan.

Şundan söng Doniyor Turğunov qamoqqa olingan va unga Jinoyat kodeksining 267-moddasi (avtotransport vositasini olib qoçiş) va 104-moddasi uçinçi qismi «d» bandi (odam ölimiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan ayb e’lon qilingandi.

Marhum kiçik serjant Hosilbek Eşnazarov prezident farmoniga köra, «Jasorat» medali bilan mukofotlandi va uning oilasiga Toşkent şahridan 3 xonali kvartira berildi.