Jamiyat | 22:50 / 09.10.2016
11241
1 daqiqa o‘qiladi
Amerikalik "Mettyu" bo‘roni vaqtida okeanda dam oldi
Richard Nil sohilbo‘yi qo‘riqlash stansiyasining sobiq vertolyot maydonchasini "Mettyu" bo‘roni vaqtida okeanda dam olish uchun sotib oldi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Frying Pan Tower platformasi Shimoliy Karolina shtati sohilidan 55 km uzoqlikda joylashgan. Nil "pishqirayotgan" to‘lqinlar fonida maydonchaga shezlong olib chiqib, maykasini yechib, manzaradan rohatlanib dam olgan.