"Sovetskiy sport" nashriyoti bankrot deb tan olindi
Moskva hakamlik sudi sentabr oxirida "Izdatelstvo "Sovetskiy sport" OAJni bankrot deb tan oldi, deb aytilgan sud qarorida. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.
Ushbu ish bo‘yicha hujjatlarda nashriyot kreditorlardan 934,2 ming rubl qarz bo‘lib qolgani ko‘rsatilgan. Nashrning mol-mulki balans qiymati va aktivlari kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga imkon bermagan. Nashrning moliya-xo‘jalik faoliyatini tiklashning iloji yo‘q, deb topilgan.
"Sovetskiy sport" nashriyoti Rossiyaning eng eski sport nashriyortlaridan bo‘lib, 25 yil avval sobiq ittifoq davlat sport qo‘mitasi tomonidan tuzilgan. Nashriyot o‘zining kitob mahsulotlaridan tashqari, Rossiya va MDH davlatlari nashriyotlarining sport mavzusidagi kitoblarini sotish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
15:40 / 05.12.2022
Rossiyada bankrotlik to‘g‘risida arizalar berish soni keskin oshdi
14:55 / 03.11.2021
Britaniyada yana bir nechta energetika kompaniyasi bankrot bo‘ldi
21:26 / 22.12.2020
SsangYong Motor o‘zini bankrot deb e'lon qildi
19:08 / 26.05.2020