The Wall Street Journal naşrining yozişiça, BMT budjetiga tuşumlarning 42 foizi AQŞ va Xitoy hissasiga töğri keladi. Ammo mazkur davlatlar tomonidan tölovlarning keçikişi taşkilotni bankrotlik xavfi bilan yuzlaştirgan.
Naşr ma’lumotlariga köra, Vaşingtonning BMT oldidagi qarzi 4 milliard dollardan oşgan. Xitoy esa may oyi oxirida taşqi işlar vaziri Van Ining Nyu-Yorkdagi BMT ştab-kvartirasiga taşrifi çoğida qariyb 850 million dollar tölaganiga qaramay, hali ham 455 million dollar qarzdor bölib qolmoqda.
Pekin öz majburiyatlarini bajarişini ma’lum qilgan va özini taşkilotning “amaldagi asosiy moliyaviy homiylaridan biri” deb atagan.
AQŞ esa kelgusidagi moliyaviy yordamni BMT xarajatlarini qisqartiriş bilan boğlamoqda. Vaşington talablari qatorida iş örinlarini qisqartiriş, biznes-klassdagi xizmat safarlarini kamaytiriş hamda maşinali tarjima texnologiyalaridan foydalaniş kabi çoralar bor.
Naşr ta’kidlaşiça, BMTni moliyalaştirişni qisqartirayotgan davlatlar orasida boşqa yirik donorlar ham mavjud. Xususan, Buyuk Britaniya va Germaniya iqtisodiy tejamkorlik siyosati tufayli oçlik va kasalliklarga qarşi gumanitar dasturlarga ajratilayotgan mablağlarni kamaytirgan.
Şuningdek, Şvetsiya va Niderlandiya tomonidan ajratilayotgan mablağlar hajmining qisqarişi mamlakatlardagi siyosiy özgarişlar bilan izohlangan.
BMT boş kotibi Antoniu Guterriş 2025 yil oktabr oyidayoq taşkilot “bankrotlikka poyga” holatida ekanini ta’kidlagan edi. U BMT moliyaviy halokatga uçraşi ehtimoli haqiqatga aylanayotganini ogohlantirgan.
WSJ ma’lumotiga köra, hozirgi sur’at saqlanib qolsa, taşkilot mablağlari avgust oyining örtasiga kelib tugaşi mumkin. Şu bilan birga, 2026 yil oxiriga qadar Antoniu Guterrişning vorisini tanlaş masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Moliyaviy tanqislik tufayli BMT xarajatlarni keskin qisqartirişga majbur böldi. Xususan, bir qator ofislar yopildi va kotibiyatda rekord darajada — 3 mingta iş örni qisqartirildi.
Bundan taşqari, tarjimonlar iş smenalari qisqartirildi, ofislardagi eskalatorlar öçirib qöyildi va Nyu-Yorkdagi ştab-kvartira binosini ta’mirlaş işlari ortga surildi.
Taşkilot Afrikadagi mojaro hududlaridan qöşinlarni çiqariş jarayonini tezlaştirgan va tinçlikparvarlik operatsiyalari xarajatlarini ham qisqartirgan. Şuningdek, “kök kaskalilar” missiyalarida iştirok etayotgan Nepal, Bangladeş va boşqa nisbatan kambağal davlatlarga tölanadigan mablağlar ham keçiktirilgan.








