17:45 / 10.10.2016
6448

Uyali aloqa operatorini almashtirgan avstraliyalik kishidan 170 ming dollar talab qilindi

Foto: The Sydney Morning Herald

Avstraliyaning Kvinslend shtatida istiqomat qiluvchi kishi uyali aloqa operatorini o‘zgartirishga qaror qilganidan so‘ng unga 170 ming Avstraliya dollari (taxminan 129 ming AQSh dollari) hisobini taqdim etishdi. Bu haqida 10 oktabrda The Sydney Morning Herald nashri ma'lum qildi

Manbaga ko‘ra, Marrey Klod dastlab Telstra telekommunikatsiya kompaniyasi bilan uy interneti va uyali aloqa xizmatlarini taqdim qilishga doir shartnoma imzolagan. Biroq firma taqdim qilgan internetga ulanish tezligi haddan ziyod pastligi tufayli Avstraliya fuqarosi provayderni o‘zgartirishga qaror qilgan. 

Klod o‘zining avvalgi raqamini saqlagan holatda boshqa operator bilan shartnoma tuzmoqchi bo‘lganida qarz sababli Telstra'dan rad javobini olgan. Klodning so‘zlariga ko‘ra, u barcha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirgan. Firma vakilining ta'kidlashicha, kompaniya mazkur ish yuzasidan tergov ishi olib borgan, biroq hozircha bu qarz sababini aniqlashga muvaffaq bo‘lmagan. 

Mavzuga oid
Top