Texnologiya | 22:59 / 11.10.2016
51801
1 daqiqa o‘qiladi

2017 yildan uchar avtomobil savdosi boshlanadi

Foto: aeromobil.com

Chexiyaning Aktualne nashri ma'lum qilishicha, Aeromobil kompaniyasi uchar avtomobillari seriyali ishlab chiqarilishi va savdosi 2017 yilda boshlanadi.

Avtomobil prototipi 3,0 litrli, 100 ot kuchiga ega benzinli dvigatel bilan jihozlangan. Avtomobil 160 km/soatgacha tezligini oshiradi hamda uzunligi 200 metrlik maydondan havoga ko‘tarila oladi. Avtomobilning havodagi maksimal tezligi 200 km/soatni, parvoz uzoqligi 700 km ni tashkil qiladi.  

Ma'lum qilinishicha, avtomobil narxi bir necha yuz ming yevroni tashkil qiladi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid