Joriy yilning oktabr oyidan boşlab Terrafugia kompaniyasi özining Transition deb nomlangan uçar avtomobiliga buyurtma qabul qilişni boşlaydi. Ular 2019 yildan sotuvga çiqarilişi aytilmoqda. Terrafugia, şuningdek, uçar avtomobillarini sinovdan ötkaziş va işlab çiqariş uçun Nyu-Gempşirdagi Nashua aeroportining bir qismini ijaraga ham olgan. Ayni damda Transition hali sertifikatlaştirilmagan. Bu haqda The Times xabar bermoqda.
Transition özida ikki örindiq va yiğiluvçi qanotlarni mujassamlaştirgan. Unga yoqilği qöysa ham böladi, elektr bilan quvvatlantirsa ham. Transition’ning uçiş va qönişi uçun yölak zarur böladi. Bu uni vertikal uçuvçi apparatlarga nisbatan imkoniyatini çeklaydi. Kompaniya ma'lumotlariga köra, uning tezligi soatiga 160 km.ni taşkil etadi. Avtomobil bir quvvatlanganda 640 km masofani bosib ötişi mumkin.
Transition’ning narxi haqida aniq gaplar aytilmagan, ammo gazeta ma'lumotlariga köra, uning narxi 300 ming dollar etib belgilanişi mumkin. Ayni damda kompaniya uçar avtomobilning dasturiy ta'minoti bilan şuğullanmoqda.
Ma'lumot örnida: Terrafugia kompaniyasi 2006 yilda taşkil topgan. Ötgan yilning noyabr oyida uni Xitoyning yirik avtomobil işlab çiqaruvçisi bölmiş Geely Automobile’ga qaraşli bölgan Geely Holding korporatsiyasi sotib oldi. Ayni damda kompaniyada 200 nafar atrofida muhandis mehnat qiladi.
















