Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada pitssani yetkazishning noodatiy usuli yo‘lga qo‘yildi
Buyuk Britaniyaning Meydston shahrida Domino’s Pizza pitssa restoranlari tarmog‘i pitssani kanoeda yetkazish xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda The Daily Mirror nashri xabar bermoqda.
Pitstsalar ularning suvga tushib ketishi mumkinligi sababli maxsus cho‘kmaydigan va suv o‘tmaydigan sumkalarda yetkaziladi. Kurerlar ham gidrokostyumlar va qutqaruv nimchalari bilan ta'minlanadilar. Hozircha bu xizmat Kent grafligidagi Luz daryosida yo‘lga qo‘yildi.

Bu xizmatdan foydalangan birinchi mijoz uyi suv bilan o‘ralgan Debbi Xeys bo‘ldi. Ayol avval bu borada murakkabliklarga duch kelardi, chunki uning uyiga quruqlikdan borib bo‘lmasdi. Tarmoq avvalroq pitssalarni dronlar, avtobus va poyezdlarda yetkazishning usullarini amalga oshirgandi.
Mart oyida Yangi Zelandiya poytaxti ko‘chalarida pitssa yetkazib beruvchi noodatiy kurer paydo bo‘lishi ma'lum bo‘lgandi. Mamlakat hukumati va Domino's Pizza buyurtmani mijozning uyi eshigicha yetkazib beruvchi to‘rt g‘ildirakli DRU robotini sinovdan o‘tkazishni boshlagan.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026