Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» 2017 yilda «Santyago Bernabeu» stadionining rekonstruksiyasini boshlaydi
«Real» rahbariyati keyingi yilning yozida «Santyago Bernabeu» stadioni rekonstruksiyasini boshlashni rejalashtirmoqda.
Joriy haftada klub prezidenti Florentino Peres va Madrid shahar kengashi raisi rekonstruksiya loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishishi kutilmoqda.
Marca nashrining yozishicha, «Santyago Bernabeu» yanada balandroq bo‘ladi. Bunga klubning munitsipal hududi kengaytirib berilmagani sabab bo‘lgan. Shu tufayli stadion atrofida «Real» rahbariyati avval rejalashtirgani kabi mehmonxona qurilmaydi.
Rekonstruksiya ishlari «Real» muzeyi, VIP-loja va stadion tomini qamrab oladi. «Santyago Bernabeu» stadionining sig‘imi o‘zgarishsiz qoladi.
Florentino Peresning so‘zlariga ko‘ra, rekonstruksiya ishlariga 400 million yevroga yaqin mablag‘ sarflanadi. Ta'mirlash ishlari 2,5 yil vaqt davomida olib borilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
13:25 / 17.06.2017
«Real» o‘yinchilari Ronalduning jamoani tark etishidan maqsadini bildirishdi
14:34 / 28.05.2017
Ronalduning o‘g‘li otasini juda mamnun qildi (video)
14:40 / 13.05.2017
OAV: «Real» Zidan bilan shartnomasini 2020 yilgacha uzaytiradi
11:19 / 19.04.2017