Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samvel Babayan Xitoy ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlarini bildirdi
Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi O‘zbekiston – Xitoy uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan Samvel Babayan o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar berdi.
“Hammani g‘alaba bilan tabriklayman. Yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Oldinga jiddiy qadam tashladik”.
“Otabek Shukurovning goli? Bu o‘ylangan kombinatsiya edi. Hazil, albatta. Umuman olganda esa unga kerakli ko‘rsatmalarni bergandik. Bu bizga muvaffaqiyat olib keldi”.
“Bugun hujumda ishlarimiz yurishdi. Biz Xitoyning tezkor qarshi hujumga o‘tishi mumkinligini bilardik. Shuni hisobga olgan holda o‘ynadik. Rejalarimiz o‘zini oqladi”.
“Standart vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha oqsayapmiz. Jarima va burchak zarbalari kutganimizdek samara bermayapti. Bugun to‘p to‘rt marta ustunga tegdi. Bu holatni nimadir deb izohlash qiyin”.
“Har bir o‘yin bir-biridan farq qiladi. Raqib birinchi taymda zich o‘ynadi. Ikkinchi taymda esa zona ochilgani hisobiga hujumga o‘tdik. Futbolda faqat hujum qilib bo‘lmaydi. Kerakli paytda himoyani ham ushlay bilish kerak”, deydi Samvel Babayan.
Manba: tribuna.uz
Mavzuga oid
22:05 / 12.04.2026
“Endi bu yerda boshqa harakat qila olmayman”. Babayan "Andijon" bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qildi
17:44 / 01.12.2025
Samvel Babayan «Andijon» klubi bosh murabbiyi bo‘ldi
14:32 / 29.06.2024
Rasman: «Navbahor» va Babayan o‘zaro kelishuvga asosan shartnomani bekor qilishdi
13:00 / 12.11.2022