Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobulda masjid yonida yuz bergan portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
Kobulda shia masjidi yonida yuz bergan portlash oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda xorijiy OAV.
Shuningdek, 26 kishi jarohat olgan. Guvohlarning aytishicha, portlashdan keyin o‘q ovozlari eshitilgan.
Dastlab bosqinchilar odamlarni garovga olganlari ma'lum qilingan. Mahalliy OAV bosqinchilardan 2 nafari maxsus kuchlar yordamida otib tashlangani, yana biri masjid ichida qolganini ma'lum qilgan.
Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vakili hozirda voqea joyida vaziyat nazorat ostidaligini ma'lum qildi. Masjid atrofidagi hudud politsiya tomonidan o‘rab olingan. Vakilning aytishicha, masjid ichiga politsiya otryadi yo‘l olgan.
Mavzuga oid
17:16 / 01.06.2026
Maltadagi pirotexnika zavodida kuchli portlash ro‘y berdi
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
18:26 / 20.05.2026