Hafta boşida qurollangan ösmirlar AQŞning San-Diyego şahridagi Islom markazida öt oçib, 3 kişini öldirdi. Hujumlarni qaytarişda vafot etgan masjid qöriqçisi Amin Abdulloh va yana ikki kişi önlab bolalarni xatardan saqlab qoldi.
18 may kuni AQŞning Kaliforniya ştati San-Diyego şahridagi eng yirik masjidga qilingan uşbu hujum «nafrat asosidagi jinoyat» sifatida tekşirilmoqda. Reuters’ning yozişiça, işga FQB ham aralaşgan.
Hujumdan keyingi matbuot anjumanida politsiya rasmiysi Skott Vol gumonlanuvçidan birining onasi otişmadan taxminan ikki soat oldin politsiyaga qönğiroq qilganini aytdi. Ayol politsiyaga – öz joniga qasd qilişga moyil deb ta’riflagan öğli unga tegişli bölgan uçta qurolni va avtomobilini olib, uydan qoçib ketganini xabar qilgan.

Şuningdek, ona öğlining yonida hamrohi borligini va ikkalasi ham kamuflyaj kiyimida ekanligini aytgan. Politsiya ösmirlarni qidiriş çoralarini boşlagan: ehtiyot çorasi sifatida yaqin atrofdagi savdo markazi va ösmirning maktabiga patrullarni jönatayotgan bir vaqtda, masjidda otişma boşlangan.
San-Diyego hududidan 50 dan 100 gaça bölgan politsiya xodimlari birinçi «faol otişma» haqidagi qönğiroqqa darhol javob bergan va tört daqiqa içida masjidga yetib kelişgan.

Voqea joyiga çaqirilgan xodimlar uç nafar erkakning jasadiga duç keldi. Mahalliy OAVlarga gapirgan guvohning aytişiça, u «yarim avtomatik qurol» ovoziga öxşaş 30 tagaça öq ovozini eşitgan. Skot Vol uşbu voqea davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan birorta ham öq uzilmaganini aytdi.
Politsiya hujumga javob berayotgan vaqtda bir neçta kvartal narida obodonlaştiriş bölimi işçisiga ham öq uzilgan. Tergovçilar uşbu hodisalarni özaro boğliq deb hisoblamoqda. Xodim boşida kaska bölgani uçun jarohat olmagani aytilmoqda.
Biroz vaqt ötgaç, politsiya köçaning örtasidagi avtomobilda 17 va 18 yoşli ikki nafar ösmir yigitning jasadini topdi.

















