Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung Electronics kompaniyasi Note brendidan voz kechmoqchi
Samsung Electronics kompaniyasi Note brendidan voz kechadi. Bu brend ostida kompaniyaning katta ekranli smartfonlari ishlab chiqarilgan. Bu haqda TASS axborot agentligiga ma'lum qilindi.
"Samsung Electronics rahbariyati Note brendini qo‘llashdan voz kechish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, chunki u bilan bog‘liq oxirgi voqealar bu brend nufuzini tom ma'noda yo‘q qildi", deb aytdi kompaniya vakili. Uning aytishicha, yangi Galaxy Note 7 smartfoni bilan bog‘liq mojarodan keyin iste'molchilarning bu mahsulotga ishonchi yo‘qolgan. "So‘rovlarga ko‘ra, 50 foiz so‘ralganlar qurilmaga keskin salbiy munosabatdalar. Bu holatda yagona yechim – ushbu brendni to‘liq yo‘q qilishdir", deb qo‘shimcha qildi kompaniya vakili.
Manbaning aytishicha, Galaxy smartfon seriyasi nomi o‘zgartirilmaydi. "Rebrending juda qimmatga tushadi", deb aytdi manba.
2 sentabrda kompaniya Galaxy Note 7 smartfonlarini unda akkumulyator batareyalari bilan aniqlangan muammolar sababli ommaviy ravishda ortga qaytarilishi va sotilishi to‘xtatilishini e'lon qilgandi. Bu batareyalar o‘z-o‘zidan portlashi mumkin. Kompaniya buning oqibatida 1 mlrd dollar zarar ko‘rgan.
Kompaniya 11 oktabrda Galaxy Note 7 ishlab chiqarilishi butkul to‘xtatilishini e'lon qildi. Kompaniya vakilining aytishicha, kompaniya "foydalanuvchilar xavfsizligi haqida qayg‘urishi" tufayli bunday qaror qabul qilgan.
Mavzuga oid
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
12:01 / 21.05.2026
Samsung ish tashlash boshlanishiga 1,5 soat qolganda kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi
08:42 / 06.05.2026
Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi
23:34 / 18.04.2026