Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi ish boshladi
«O‘zekspomarkaz» ko‘rgazma pavilonlarida XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi ish boshladi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentining 2016 yilning 8 iyundagi qaroriga asosan o‘tkazilayotgan bu yilgi yarmarka “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Dastlab yarmarkaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.Rozuqulov kirish so‘zi bilan ochdi va ko‘rgazma ishiga muvaffaqiyat tiladi. Tadbirda, shuningdek doimiy yarmarka qo‘mitasining raisi, “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi Akmal Kamalov so‘zga chiqdi. O‘z ma'ruzasida mamlakatimizda paxta sanoati sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar, istiqbolli loyihalar, hamkorlik aloqalari va paxta tolasi eksportini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng paxta va to‘qimachilik sanoat istiqbollariga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya ish boshladi. Konferentsiya doirasida, “Paxta sanoatining rivojlanishi va jahon bozorida o‘zbek paxta tolasi raqobatbardoshligini oshirish istiqbollari”, “To‘qimachilik tarmog‘ining raqobatbardoshligini oshirish—eksport imkoniyatlari ortishining muhim omili” va “Paxta va to‘qimachilik tarmoqlarida ilmiy va texnologik yangiliklar” singari mavzularda 3 ta seksiyaga bo‘lingan holda o‘zaro muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Ta'kidlash kerakki, 12-bor o‘tkazilayotgan Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasida jahonning 40 dan ziyod mamlakatdan 1000 dan ortiq vakillari qatnashmoqda.

“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi Matbuot xizmati
Suratlar: uzpse.uz
Mavzuga oid
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
08:07 / 15.04.2026
Dunyoda eng ko‘p paxta yetishtiruvchi davlatlar reytingi e’lon qilindi
12:15 / 14.03.2026
2026 yilda paxtani mashinada terish ulushi 70 foizga yetkaziladi
20:58 / 21.02.2026