“Paxta va buğdoy yetiştiruvçilarni moliyaviy qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni (PF–82-son, 2026 yil 8 may) qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2026 yil hosilidan boşlab Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada tölovlar agentligi tomonidan bir qator kreditlar böyiça foiz tölovlari kompensatsiya qilinadi.

Jumladan, paxta xomaşyosini yetiştiriş uçun ajratilgan imtiyozli kreditlarni şartnomada belgilangan muddatda qaytargan xöjaliklarga uşbu kreditlar böyiça tölangan foizning 2,5 foizlik punkti qoplab beriladi.

Agar kreditlar hosil yili yakunigaça, ya’ni 31 dekabrga qadar töliq qaytarilsa, foiz tölovlarining 5 foizlik punkti kompensatsiya qilinadi.

Şuningdek, buğdoy yetiştiriş xarajatlari uçun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1 avgustiga qadar töliq qaytargan xöjaliklarga kredit foizining 4 foizlik punkti qoplab beriladi.

Farmon bilan paxta-töqimaçilik klasterlari va paxta xomaşyosini qayta işlaş hamda ip-kalava işlab çiqariş zanjiriga ega töqimaçilik korxonalari uçun ham qöşimça yengilliklar belgilandi.

Ularga paxta xomaşyosini xarid qiliş uçun ajratilgan tijorat kreditlari böyiça tölangan foiz tölovining 8 foiz punktdan yuqori, ammo 16 foiz punktdan oşmagan qismi kompensatsiya qilinadi.

Mazkur çoralar qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilarining moliyaviy yukini yengillaştiriş, aylanma mablağlarini qöllab-quvvatlaş va sohada samaradorlikni oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.