Jamiyat | 18:58 / 13.10.2016
5188
2 daqiqa o‘qiladi

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirilgan kunda 1997 yilgi laureat Dario Fo vafot etdi

Foto: Alessandro Bianchi/File Photo / Reuters

Italiyalik yozuvchi, dramaturg, rejissyor, aktyor, rassom, taniqli davlat arbobi, adabiyot bo‘yicha 1997 yilgi Nobel mukofoti sohibi Dario Fo 13 oktabr kuni Milanda vafot etdi. Bu haqda La Stampa nashri xabar bergan.

U 90 yoshda edi. Ikki hafta oldin uning Milandagi shifoxonalardan biriga yotqizilgani ma'lum bo‘lgan. 

Mart oyida Fo 90 yoshligini yangi spektakl bilan nishonlagan edi. U oxirgi damga qadar faolligini saqlab qoldi. Omma va jurnalistlar bilan uchrashib, ko‘p ishladi.

Fo «Anarxistning tasodifiy o‘limi», «Misteriya-buff», «Tuk-tuk! Kim u? Politsiya» kabi pesalari bilan mashhur bo‘lgandi. U 1997 yilda Nobel laureatiga aylangan.

Qayd etish kerakki, u aynan Adabiyot yo‘nalishida 2016 yilgi Nobel mukofoti egasi aniqlangan kunda olamdan ko‘z yumdi.

Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi Foning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, bugun mamlakat madaniy hayotning yirik siymosini yo‘qotdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid