Kimyo böyiça 2020-yilgi Nobel mukofoti CRISPR/Cas9 genomini tahrirlaş texnologiyasini işlab çiqqan Emmanuel Şarpante va Jyennifer Dudnaga topşirildi. Bu haqda Nobel qömitasi xabar berdi.
Hozirda Germaniyada işlaydigan fransiyalik mikrobiolog Şarpante va amerikalik biokimyogar Jyennifer Dudna (Kaliforniyadagi Berkli universiteti) bir neça yil avval bakteriyalarning viruslardan himoyalanişda yordam beradigan molekulyar "immunitet"ini kaşf qilişgandi. Uni turli organizmlarning genomlarini yuqori aniqlikda tahrirlaşda qöllaşga muvaffaq bölindi. Hozirda butun dunyodagi olimlar oğir kasalliklarni davolaş usullarini topiş uçun "genom muharriri"dan foydalanmoqda.
Şarpante va Dudna keyingi yillarda Nobel mukofoti olişga asosiy nomzodlar sifatida eslab kelingan.
Duşanba kuni Nobel qömitasi fiziologiya va tibbiyot hamda fizika yönalişidagi laureatlar nomini e'lon qilgandi.
Ertaga adabiyot yönalişi böyiça, juma kuni esa tinçlik böyiça mukofot egalari nomi e'lon qilinadi. Nobel haftaligi 12 oktabr kuni — iqtisodiyot böyiça mukofot sohibi ma'lum bölganidan söng yakuniga yetadi.












