O‘zbekiston | 17:15 / 13.10.2016
4719
2 daqiqa o‘qiladi

Saylov-2016: Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasida YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi saylov departamenti rahbari Aleksandr Shlik boshchiligida mamlakatimizga tashrif buyurgan Ehtiyojlarni baholash missiyasi (EBM) ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha jarayonlarda ochiqlik va oshkoralikni ta'minlashga alohida e'tibor berilayotgani ta'kidlandi. Saylovga oid tadbirlar nodavlat teleradiostansiyalar tomonidan ham izchil yoritib borilmoqda.  

Bunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda assotsiatsiya o‘rtasida imzolangan bitimning o‘rni salmoqli bo‘lmoqda. Unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarini nodavlat teleuzatuvchilar tomonidan yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, jamoatchilikni saylovga tayyorgarlik hamda o‘tkazishga oid tadbirlar haqida xolis hamda tezkor xabardor qilish, saylovchilarning huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan teleradio mahsulotlarni tayyorlash, ularni nodavlat teleradiostansiyalar va kabel studiyalari orqali efirga joylashtirish nazarda tutilgan.

Uchrashuv doirasida ekspertlar assotsiatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, “Mening yurtim” telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Mening ovozim” tok-shousining tasvirga olish jarayoni, saylovga oid videoroliklar bilan tanishtirildi.

Mavzuga oid