Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada "qo‘rqinchli masxarabozlar" tufayli ishonch xizmatiga murojaat qiluvchilar soni ko‘paymoqda
Buyuk Britaniyada "qo‘rqinchli masxarabozlar" haqidagi xabarlar tufayli ChildLine bolalar psixologik markaziga murojaat qiluvchilar soni ko‘paymoqda. Gap shundaki, so‘nggi paytlarda masxaraboz kiyimidagi kishilar yo‘lovchilarni qo‘rqitib, ularga hujum qilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar keng tarqalmoqda. Bu haqida The Guardian gazetasi ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, bir hafta ichida Childline'ga 120 nafar bola va o‘smir murojaat qilgan.
"Ba'zi kishilarning masxaraboz kiyimini ko‘ngilochar tadbirlar uchun emas, kimnidir qo‘rqitish yoki hujum qilish uchun kiyishi xavotirga sabab bo‘luvchi trenddir. Bu ongli xatti-harakat, unga yo‘l qo‘yish kerak emas. Insonlar ba'zan buning qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tushunishmaydi", - deydi Childline rahbari Jon Kemeron.
Ma'lum bo‘lishicha, masxarabozlardan qo‘rqib murojaat qilganlarning taxminan chorak qismi 11 yoshli bolalardan iborat. Yana chorak qismi esa - 12-15 yoshli bolalar.
So‘nggi paytlarda Buyuk Britaniya politsiyasi masxaraboz kiyimini kiygan kishilar bilan bog‘liq bir qator hodisalarga duch kelishdi. Masalan, Londondagi Brunel universiteti yotoqxonasida talabalar odamlar ketidan quvayotgan arra ko‘targan masxarabozni ko‘rishgan.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026