Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston eng yirik neft konidan olingan neftni eksport qila boshladi
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi shelfidagi Qashag‘an neft konidan qazib olingan neft birinchi marta eksportga yuborildi. Bu haqda RBK xabar bermoqda. Qozog‘iston energetika vazirligi Kaspiy neft quvuri konsorsiumi tizimiga kondan olingan 7,7 ming tonna neft tortib olinganini ma'lum qildi.
Shu bilan bir vaqtda "KazTransOyl" kompaniyasi quvurlari tizimiga 18,8 ming tonna neft yetkazilgan. Bundan tashqari, "Intergaz Tsentralnaya Aziya" kompaniyasi magistral tizimiga 22,8 mln kub metr gaz tortib olingan.
Qashag‘an – oxirgi 40 yil ichida ochilgan eng yirik neft konlaridan biri hisoblanadi. Uning zaxiralari 9-13 mlrd barrel neftga baholanadi. Konda neft 2013 yil sentabridan olina boshlangan, 2017 yilgacha qazib olish hajmini yiliga 50 mln tonnagacha yetkazish rejalashtirilgandi. Biroq kon ishini boshlagandan bir necha oy o‘tgach quvurlardan birida gaz sizib chiqqani sababli neft qazib olish to‘xtatilgandi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025