Fan-texnika | 14:16 / 15.10.2016
7506
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh transport vazirligi Galaxy Note 7 smartfoniga doir navbatdagi taqiqni joriy qildi

© EPA

AQSh transport vazirligi yo‘lovchilarga havo parvozlari vaqtida Samsung Galaxy Note 7 smartfonlaridan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda, vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Shu bilan birga, mobil qurilmalarni qo‘l yuki yoki yukxonaga topshiriladigan yuk ichida ham samolyot bortiga olib chiqish mumkin emas. Agar, aviakompaniya vakili  Galaxy Note 7 telefonini aniqlasa, mijozning samolyotga chiqishiga ruxsat bermasligi kerak. Yo‘lovchi qurilmadan xalos bo‘lgan taqdirda, uni libossiz holatda ko‘zdan kechirishadi hamda yuki qayta tekshirilgach, samolyot bortiga o‘tkaziladi. 

Mabodo ekipaj a'zolari yo‘lovchilardan birontasida Galaxy Note 7 aniqlagudek bo‘lsa, qurilmani o‘chirib qo‘yish iltimos qilinadi yoki parvoz davomida olib qo‘yiladi. Qoidabuzarga nisbatan jarima solinadi. Smartfonni yukxonaga topshiruvchilarga nisbatan jarimadan tashqari jinoiy javobgarlik ham xavf solishi mumkin. 

Bu taqiq mahalliy va xalqaro parvozlar uchun birdek joriy qilingan bo‘lib, 15 oktabrdan kuchga kiradi. 

Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari savdosi 2016 yil avgustida boshlangan edi. Bir oy o‘tgach, kompaniya 2,5 mln smartfonni dunyo bo‘ylab qaytarib olishini e'lon qildi. Bunga batareyaning quvvatlanish chog‘ida qizib, ayrim hollarda portlashga olib kelgani sabab bo‘ldi. 

11 oktabrda kompaniya rahbariyati Galaxy Note 7 telefonlari savdosini to‘xtatishga qaror qildi. 
 

Mavzuga oid