Sport | 21:53 / 17.10.2016
13985
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA JCh-2018 o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionlar uchun taqiq qo‘lladi

Foto: © RIA Novosti

FIFA 2018 yilgi mundial uchrashuvlari o‘tkaziladigan stadionlarda rok-konsertlari o‘tkazilishini taqiqladi.

AP xabariga ko‘ra, turnirning ilk uchrashuvi o‘tkaziladigan kunga 2 oy vaqt qolganida Rossiyadagi mundial uchun tayyorlangan stadionlarda futbolga oid bo‘lmagan marosimlarga ruxsat berilmaydi. Bundan maqsad stadionlar chimi holatini yuqori holatda saqlab qolish hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Yevro-2016 uchrashuvlari boshlanishiga 1 oy vaqt qolganida Marsel shahridagi stadionda AC/DC guruhi konserti tashkillashtirilgan, Fransiya terma jamoasi Dide Desham «Velodrom» o‘yingohi holatini «dahshatli» deb atagandi. Natijada maydonda qisqa muddatda gazon almashtirildi.

Xabarda aytilishicha, FIFA chempionat uchun tayyorlangan 12 stadionda turnir boshlanishiga 1 oy qolganida mashg‘ulotlar va yig‘inlar o‘tkazilishini ham taqiqlashi mumkin.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid