Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongoda delikates qurt uchun soliq sababli 16 kishi halok bo‘ldi
Kongoda elatlararo to‘qnashuvlarda kamida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda xorijiy OAV xabar bermoqda.
To‘qnashuvlar bir necha kun avval mamlakatda tansiq yegulik hisoblanuvchi qora qurt savdosiga soliq solish sababli boshlangan.
Ma'lum qilinishicha, qurtlarni sotuvchi pigmeylar guruhi soliqni adolatsiz deb atab, uni to‘lashdan bosh tortgan va bu soliqni yig‘moqchi bo‘lgan Luba qabilasining bir necha a'zosini o‘ldirgan. Bunga javoban Luba vakillari 13 pigmeyni o‘ldirgan.
Kongoda uzunligi 10 sm keladigan qora qurtlar tanovul qilinadi. Qurtlar daraxtlardan terib olinib, dudlanadi yoki qovuriladi va qayla bilan birgalikda iste'mol qilinadi.
Pigmeylar bunday qurtlarni yig‘ish va sotish bilan shug‘ullanadi, bu ularning asosiy daromad manbalaridan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:49 / 06.06.2026
Kongoda Ebola virusini yuqtirish holatlari soni 450dan oshdi
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:54 / 24.05.2026
Kongoda Ebola epidemiyasi sababli aviaqatnovlar to‘xtatildi
21:30 / 19.05.2026