Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom dinini masxara qilgan britaniyalik gimnastikachi masjidga bordi
Foto: Getty Images/Ryan Pierse
Olimpiya o‘yinlarining ikki karra kumush va bronza medallari sovrindori, britaniyalik sportchi Luis Smit Londonda Rio-2016 sovrindorlarini mukofotlash marosimiga taklifni rad etgan. U buning o‘rniga masjidga borishni ma'qul ko‘rgan deb yozadi The Guardian gazetasi
«Men musulmon jamoatchiligining taklifini qabul qilib, u yerda musulmon madaniyati va dini haqida ko‘p narsani bilib olish maqsadida masjidga borishga qaror qildim. Bu juda qiziq bo‘ldi. Men o‘zimda emas edim va bo‘lgan voqea sabab xavotirlandim. Ammo, masjiddagilar muloyim, bag‘rikeng kishilar ekan. Meni taklif qilganlari uchun minnatdorman», — degan Smit.
O‘tgan haftada 27 yoshli gimnast ijtimoiy tarmoqqa hamkasbi Lyuk Karson bilan joylagan videosida musulmonlar ibodatini masxara qilgan va «Allohu akbar» deya baqirgan edi. Kelasi kuni Smit yuz bergan voqeadan juda afsusda ekanini aytib, uzr so‘ragandi.
Luis Smit Rio-de-Janeyro Olimpiadasida kumush medalga sazovor bo‘lgandi. U, shuningdek, London-2012da kumush va bronza, Pekin-2008da bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid
10:17 / 25.03.2026
272 ta masjidda favqulodda ogohlantirish uskunalari o‘rnatildi
11:22 / 24.03.2026
O‘monda Temuriylar izi topildi: saroy va masjidlarda Samarqand uslubi
13:30 / 16.03.2026
Yanvarda 1,1 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Buyuk Britaniya tomon yo‘l oldi
13:27 / 14.03.2026