09:22 / 20.10.2016
12729

20 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto: Kun.uz

19 oktabr tuni va 20 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Abdulaziz Komilov IHTning Falastin bo‘yicha pozitsiyasini ma'lum qildi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri IHT TIVKning 43-sessiyasiga bag‘ishlangan yakuniy brifingda chiqish qildi.

Batafsil.

O‘zbekistonda sotilgan Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari almashtirib berilmaydi

O‘zbekistonda sotiluvchi Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari zaryadlash jarayonida yonib ketgan taqdirda almashtirib berilmaydi.

Batafsil.

Qurollanmagan jangarilar va yaralanganlar Halabni tark eta boshlashdi

Qurolsiz jangarilar va yaralangan tinch aholi vakillari Suriyaning Halab shahri sharqiy tumanlarini tark eta boshladi.

Batafsil.

«Normand to‘rtligi» muzokaralari yakunlandi

Berlinda Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Fransua Olland, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina rahbari Pyotr Poroshenkolar o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Batafil.

Las-Vegasda AQSh prezidentligi uchun so‘nggi telebahslar bo‘lib o‘tmoqda

AQSh prezidentligi uchun nomzodlar Hillari Klinton va Donald Tramp so‘nggi, uchinchi telemunozaralarga kirishishdan avval ham qo‘l berib ko‘rishishmadi.

Batafsil.

Norvegiya Rossiya Suriyaga yuborgan kemalar suratini oldi

Norvegiya Rossiya O‘rta Yer dengiziga "Admiral Kuznetsov" aviatashuvchi kemasi va "Petr Velikiy" atom kreyserining suratlarini chop etdi.

Batafsil.

«Naftogaz» Rossiyadan Qrimdagi mulki uchun tovon puli talab qilmoqda

Ukrainaning «Naftogaz Ukrainy» kompaniyasi 6ta sho‘'ba korxonalari bilan birga Rossiyaga nisbatan hakamlik sudini uyushtirdi.

Batafsil.

Turkiya televideniyesida kutilmagan holat yuz berdi

Turkiyaning DRT telekanalining ertalabki yangiliklar dasturi studiyasiga daydi mushuk kirib qolgan.

Batafsil.

Buyuk Britaniyada antiqa o‘g‘rilik sodir etildi

Buyuk Britaniyaning Nortgempton shahri politsiyasi mahalliy do‘konlardan biridan 2 metrlik jalyuzini o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgan kimsani qidirmoqda.

Batafsil.

Samsung kompaniyasi dunyo aeroportlarida Galaxy Note 7 almashinuv punktlarini ochmoqda

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics korporatsiyasi dunyo aeroportlarida do‘konlar tarmog‘ini ochadigan bo‘ldi, bu yerda muammoga duch kelgan Galaxy Note 7 smartfonlari egalari ularni boshqa qurilmalarga almashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Batafsil.

YeChL. "Barselona" "Manchester Siti"ni yirik hisobda mag‘lub etdi, "Beshiktosh" safarda "Napoli"ni yengdi va boshqa natijalar

19-20 oktabr kunlari Chempionlar Ligasi 3-turining navbatdagi o‘yinlari o‘tkazildi. Unda "Barselona" o‘z uyida "Manchester Siti" ustidan yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Arsenal" "Ludogorets" darvozasiga javobsiz 6ta gol kiritdi.

Batafsil.

AQSh jurnali dunyodagi eng yaxshi shahar, aviakompaniya va mehmonxonani aniqladi

AQShning Conde Nast Traveler sayohatlar haqidagi jurnali dunyoning eng yaxshi shaharlari reytingini chop etdi. 40 ta o‘rindan iborat ro‘yxatga Tokio boshchilik qilmoqda.

Batafsil.

Top