Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sotilgan Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari almashtirib berilmaydi
O‘zbekistonda sotiluvchi Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari zaryadlash jarayonida yonib ketgan taqdirda almashtirib berilmaydi. Bu haqida MobInfo.uz nashri Samsung kompaniyasining O‘zbekistondagi call-markazi ma'lumotiga asoslanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, O‘zbekistonda Samsung Galaxy Note 7 smartfonlarining rasmiy sotuvlari hali rasman yo‘lga qo‘yilmagan. Sotuvdagi qurilmalar esa mamlakatimizga savdogarlar tomonidan (mahalliy bozorga) olib kelingan. Shu bois ular bir yillik kafolatga ega bo‘la olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Galaxy Note 7 smartfoni mahalliy bozorda ilk marta 2016 yilning avgust oyi oxirida (qurilmaning portlash holatlariga qadar) paydo bo‘lgan. O‘shanda qurilma juda katta narxda sotila boshlagandi. Yangilikning portlash holatlari haqidagi xabarlar paydo bo‘lganidan so‘ng Galaxy Note 7’ning chakana narxi biroz pasaydi. O‘tgan yakshanba kuni mahalliy bozordagi ba'zi sotuvchilar do‘konning bir oylik kafolati bilan taklif qilishayotgandi.
Bundan avval kompaniya Galaxy Note 7 qurilmalarini ishlab chiqarish hamda ularning sotishni to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:41 / 30.06.2026
Yangi Samsung Galaxy 2026 yilning "eng bema’ni" smartfoni deb topildi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026