AQShda T-Mobile operatori sekin internet uchun 48 mln dollar jarima to‘laydi
T-Mobile uyali aloqa operatori Federal aloqa komissiyasining da'volarini bartaraf etish uchun AQShga 48 mln dollar jarima va tovon puli to‘laydi. FAK kompaniya o‘z mijozlarini chalg‘itib, xizmatlari haqida to‘liq bo‘lmagan ma'lumotlarni yetkazib berayotganini aniqlagan. Bu haqda Wall Street Journal xabar berdi.
Federal aloqa komissiyasining qayd etishicha, T-Mobile foydalanuvchilarga o‘z mobil va internet aloqa xizmatlarining limitsiz tarif rejalarini sota turib, abonentlar yuklanayotgan yoki yuborilayotgan ma'lumotlar hajmini ma'lum bir chegaradan oshirganidan so‘ng internetga ulanish tezligini kesib tashlagan. Bundan tashqari, kompaniya mazkur limit qanday darajada qo‘yilganini foydalanuvchilarga ma'lum qilmagan.
"T-Mobile reklama kampaniyasi mijozlar cheksiz tarif rejasini sotib ola turib, yanada tezroq va yaxshiroq xizmatni kutishgan edi, natijada esa ular uchun mutlaqo kutilmagan ish bo‘ldi", deyiladi FAK arizasida.
Yuqorida qayd etilgan 48 mln dollarning 7,5 mln dollarini jarima tashkil etadi, yana 35,5 mln dollar esa mijozlarga tovon puli to‘lash uchun sarflanadi. Qolgan 5 mln dollarni esa T-Mobile, kelishuv shartlariga muvofiq, xayriya ishlariga sarflashi, jumladan, maktab va daromadi kam bo‘lgan oila farzandlari uchun bepul internet-aloqani ta'minlab berishga safarbar etishi lozim bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:27 / 17.11.2020
Raqamli iqtisodiyot rivojiga bank tizimi va internet zarur - «O‘zbekiston eksportchilari» uyushmasi raisi
08:41 / 06.11.2020
O‘zbekistonda talabalar uchun internet trafigi sarflanmaydigan maxsus platforma ishlab chiqish taklif qilindi
13:52 / 02.11.2020
Starlink internetining tezligi raqobatchilaridan 4 barobar yuqoriligi ma'lum bo‘ldi
20:29 / 29.10.2020