Sport | 21:00 / 20.10.2016
11938
2 daqiqa o‘qiladi

Harri Rednap o‘z avtomobilida xotinini asfaltda sudradi

Foto: Nigel Roddis / Getty Images

Londonning “Tottenhem” va “Kuinz Park Reyndjers” jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Harri Rednapp avtomobili ruliga o‘tirgancha, o‘z xotinini tasodif tufayli asfaltda sudradi. Bu haqda The Sun tabloidi xabar bergan.

Voqea Angliyaning Bornmut shahrida yuz bergan. Murabbiyning rafiqasi bo‘lmish Sandraning paltosi salondan tushaverishda orqa eshikka qisilib qolgan. Buni payqamagan Rednapp mashinani harakatlantirgan. Xotinining chinqirig‘idan so‘ng, to‘xtagan. Bu vaqtga kelib ayol oyog‘idan og‘ir jarohat olgan edi.

“Asfalt qonga belangan edi, Harrining o‘zi esa toshdek qotib qolgandi”, — deb gapirib bergan guvohlardan biri. Uning aytishicha, voqea tasodif tufayli ro‘y bergan.

Ma'lumot uchun, Rednapp “Vest Hem Yunayted”, “Portsmut”, “Tottenhem” va KPR singari jamoalarda ishlagan. 2016 yilning martida Rednapp Iordaniya terma jamoasini ikkita o‘yinga olib tushgan. Ulardan birida Bangladesh 8:0 hisobida mag‘lub etilgan, Avstariliyadan esa 1:5 hisobida mag‘lubiyatga uchralgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid